
Ilova 188
Eski qurilmani chiqitga chiqarish
1. Bu ustidan chiziq tortilgan g‘ildirakli chelak belgisi elektr va elekrton
mahsulot chiqindilarining (WEEE) maishiy chiqindilar oqimidan
alohida tarzda chiqitga chiqarilishi kerakligini ko‘rsatadi.
2.
Eski elektr mahsulotlari tarkibida zararli moddalar mavjud bo‘lishi mumkin,
shuning uchun ham eski qurilmangizni to‘g‘ri chiqitga chiqarish atrof-muhit
va insonlar salomatligiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning
oldini olishga yordam beradi. Eski qurilmangiz tarkibida boshqa mahsulotlarni
ta’mirlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qayta foydalaniluvchi qismlar
hamda cheklangan resurslarni saqlab qolish uchun qayta ishlanishi mumkin
bo‘lgan boshqa qimmatbaho materiallar mavjud bo‘lishi mumkin.
3. Qurilmangizni o‘zingiz xarid qilgan do‘konga olib borishingiz yoki
yaqin atrofdagi vakolatli WEEE to‘plash joyi to‘g‘risida ma’lumotlar
olish uchun mahalliy chiqindilarni to‘plash idorasiga murojaat
qilishingiz mumkin. Mamlakatingiz bo‘yicha eng yangi ma’lumotlarni
olish uchun
www.lg.com/global/recycling
saytiga qarang
.
Ishlatib bo‘lingan batareykalar/
akkumulyatorlarni chiqitga chiqarish
1. Agar batareyka tarkibida 0.0005% dan ko‘proq simob, 0.002%
kadmiy yoki 0.004% qo‘rg‘oshin mavjud bo‘lsa, bu belgi simob (Hg),
kadmiy (Cd) yoki qo‘rg‘oshin (Pb) uchun kimyoviy belgilar bilan
birlashtirilishi mumkin.
2.
Barcha batareykalar/akkumulyatorlar hukumat yoki mahalliy hokimiyat
organlari tomonidan belgilangan to‘plash muassasalari orqali maishiy
chiqindilar oqimidan alohida tarzda chiqitga chiqarilishi kerak.
3. Eski batareykalar/akkumulyatorlarni to‘g‘ri chiqitga chiqatish atrof-
muhitga, hayvonlar va insonlarning salomatliklariga yetkazilishi
mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishga yordam beradi.
4. Eski qurilmangizni chiqitga chiqarish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar
olish uchun shahar hokimiyati, chiqindilarni to‘plash xizmati yoki
mahsulot xarid qilingan do‘konga murojaat qiling.
Добавить комментарий