
Asosiy funksiyalar 85
Xotira kartasini shifrlash
Siz xotira kartasida saqlangan ma’lumotni shifrlashingiz va
himoyalashingiz mumkin. Xotira kartasidagi shifrlangan ma’lumotga
boshqa qurilmadan kirib bo‘lmaydi.
1 Sozlamalar Umumiy Qulflash ekrani va xavfsizlik
Shifrlash va shaxsiy ma’lumotlar SD xotira kartani shifrlash’ga
teging.
2 Xotira kartasi haqidagi ekran ko‘rsatmasini o‘qing, so‘ngra davom etish
uchun DAVOM ETISH tugmasini bosing.
3 Opsiyani tanlang va SHIFRLASH tugmasini bosing.
• Yangi faylni shifrlash: Faqatgina shifrlangan xotira kartasida
saqlangan ma’lumotni shifrlang.
• To‘liq shifrlash: Kartada joriy saqlangan barcha ma’lumotlarni
shifrlash.
• Media fayllardan tashqari: Musiqa, fotosurat va videolar kabi media
fayllaridan tashqari barcha fayllarni shifrlash.
• Xotira kartasini shifrlash uchun bloklash ekranida PIN kod yoki parol
o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
• Xotira kartasini shifrlash boshlangandan so‘ng, ayrim funksiyalar
ishlamasligi mumkin.
• Agar qurilma shifrlanish amalga oshayotgan paytda o‘chirib qo‘yilsa,
jarayon xatolikka uchraydi va ayrim ma’lumotlar shikastlanadi. Shuning
uchun shifrlashni boshlashdan avval batareya zaryadi yetarlicha
ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Shifrlangan fayllarga faqat qaysi qurilmada shifrlangan bo‘lsa, shundan
kirib bo‘ladi.
• Shifrlangan xotira kartasidan boshqa LG qurilmasida foydalanib
bo‘lmaydi. Shifrlangan xotira kartasidan boshqa mobil qurilmasida
foydalanish uchun kartani formatlang.
• Siz xotira kartaning shifrlanishini qurilmada karta o‘rnatilmagan bo‘lsa
ham yoqib qo‘yishingiz mumkin. Qurilma shifrlangandan so‘ng o‘rnatilgan
har qanday xotira kartasi avtomatik tarzda shifrlanadi.
Добавить комментарий