
Sozlanadigan xususiyatlar 36
• Barmoq izidan qurilma tomonidan foydalanuvchini tanib olish uchun
foydalaniladi. Turli foydalanuvchilarning juda o‘xshash bo‘lgan barmoq
izlari barmoq izini tanib olish sensori tomonidan bitta barmoq izi sifatida
tanib olinishi mumkin.
• Agar qurilma barmoq izingizni tanib ololmasa yoki ro‘yxatdan o‘tkazishdagi
qiymatni unitib qo‘ysangiz, yaqin atrofdagi LG mijozlarga xizmat ko‘rsatish
markaziga qurilmangiz va ID kartangiz bilan tashrif buyuring.
Barmoq izini tanib olishdagi ehtiyotkorlik choralari
Bir qator sabablar tufayli barmoq izini tanib olish aniqligi pasayishi
mumkin. Tanib olishini ko‘tarish uchun qurilmadan foydalanishdan avval
quyidagilarni tekshiring.
• Qurilmada barmoq izi sensori mavjud. Barmoq izi sensorining tanga yoki
kalit singari metall buyumlar tufayli shikastlanmaganligiga ishonch hosil
qiling.
• Suv, chang yoki begona narsalar barmoq izi sensori yoki
barmog‘ingizda bo‘lganida barmoq izini ro‘yxatga olish yoki tanib olish
ishlamasligi mumkin. Barmoq izingizni tanitishdan avval barmog‘ingizni
tozalang va quriting.
• Agar barmog‘ingiz yuzasida chandiq bo‘lsa yoki suvga botirib
turilganligi tufayli tekis bo‘lmasa, barmoq izi to‘g‘ri tanib olinmasligi
mumkin.
• Agar barmog‘ingizni bukib tursangiz yoki faqat barmog‘ingiz uchidan
foydalansangiz, barmoq izingiz tanib olinmasligi mumkin. Barmoq
izingizning butun barmoq izi sensorini qamrab olganligiga ishonch hosil
qiling.
• Bir vaqtning o’zida bir nechta barmoq izi bosmadan xotiraga joylang.
Bittadan ortiq barmoqni skanerlash barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish
va tanib olishga ta’sir qilishi mumkin.
• Agar atrofdagi havo quruq bo‘lsa, qurilma statik elektr toki hosil
qilishi mumkin. Agar atrofdagi havo quruq bo‘lsa, barmoq izlaringizni
skanerlamang yoki statik elektr tokini yo‘qotish uchun barmoq izlarini
skanerlashdan avval tanga yoki kalit singari metall buyumlarga
tegmang.
Добавить комментарий