
Asosiy funksiyalar 82
Xavfsiz ishga tushirish bo‘yicha ehtiyot choralari
• Agar siz shifrdan chiqarish parolini unutsangiz, shifrlangan va shaxsiy
ma’lumotlaringizni tiklay olmaysiz.
• Ekranni qulflash parollaringizni alohida saqashni unutmang.
• Agar siz qulflash ekrani parollaringizni belgilangan martadan ko‘proq
marotaba noto‘g‘ri kiritsangiz, qurilma avtomatik tarzda zavod
sozlamalariga qayta o‘rnatiladi va shaxsiy ma’lumotlaringiz avtomatik
tarzda yo‘q qilinadi va ularni tiklab bo‘lmaydi.
• Parolni belgilangan martadan ko‘proq marotaba noto‘g‘ri kiritishdan
ehtiyot bo‘ling.
• Qurilma qayta yonganidan so‘ng yoqilsa, shifrlash kodini kiritsh
kerak bo‘ladi. Agar shifrlashni majburiy to‘xtatsangiz, ma’lumotlar
shikastlanishi mumkin. Qayta o‘rnatish nihoyasiga yetishini kuting.
Qulflash ekranini sozlash
Qulflash ekranini sozlashingiz mumkin.
1 Sozlamalar Umumiy Qulflash ekrani va xavfsizlik Qulflash
ekranini sozlash’ga teging.
2 O‘zingiz o‘rnatmoqchi bo‘lgan funksiyani tanlang.
• Oboi: Qulflash ekrani uchun fonni o‘rnatishga imkon beradi.
• Soat: Qulflash ekranida soatni qayerga joylashtirishni o‘rnatishga
imkon beradi.
• Yorliq: Qulflash ekranida ishlatish uchun ilovalarni tanlashga imkon
beradi. Ushbu sozlama faqat qulflash ekrani o‘rnatilganida paydo
bo‘ladi.
• Screen swipe effect: Ekran blokdan chiqarilgan paytda ekran
o‘zgarish effektini o‘rnating.
• Ob-havo animatsiyasi: Qulflash ekranidagi joriy joylashuv uchun
ob-havo animatsiyalarini ko‘rsatish uchun shu opsiyani yoqing.
• Telefon yo’qolganda, bog’lanish ko’zda tutilgan kontakt haqida
ma’lumot: Telefon egasini tanitish uchun Qulflash ekranida
ko‘rsatiladigan matnni o‘rnatishga imkon beradi.
Добавить комментарий