11Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
• Agar batareya noto‘g‘ri turi bilan almashtirilsa, portlash xavfi mavjud bo‘ladi.
Foydalanib bo‘lingan batareyalarni ko‘rsatmalarga ko‘ra chiqitga chiqaring.
• Zaryadlash qurilmasining keraksiz tarzda quvvat iste’mol qilishining oldini
olish uchun qurilma to‘liq zaryadlanib bo‘lganidan keyin zaryadlash qurilmasini
rozetkadan uzib qo‘ying.
• Batareyaning haqiqiy foydalanish muddati tarmoq konfiguratsiyasi, mahsulot
sozlamalari, foydalanish uslubi, batareya va atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq.
• Hayvonlarning tishlari yoki panjalari kabi o‘tkir qirrali buyumlarning batareyaga
tegmasligiga ishonch hosil qiling. Bu yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
• Ma’lumot oshkor bo‘lishi yoki nozik ma’lumotlarning o‘g‘rilanishining oldini olish
uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishni unutmang.
• Qurilmadan foydalanayotgan paytda doimo muhim ma’lumotlarning zaxira
nusxasini yarating. LG kompaniyasi har qanday ma’lumot yo‘qolishi uchun
javobgar emas.
• Qurilmangizni chiqitga chiqarayotgan paytda barcha ma’lumotlaringizni
zaxiralang va sozlamalarni zavod sozlamasiga qayta o‘rnating.
• Ilovalarni yuklab olish paytida ruxsat berish ekranini yaxshilab o‘qing.
• Turli funksiyalar va shaxsiy ma’lumotlaringizga kira oladigan ilovalardan ehtiyot
bo‘ling.
• Hisoblaringizni tez-tez tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringiz
o‘g‘irlangani haqidagi alomatlarni ko‘rsangiz, provayderingizdan hisobingiz
ma’lumotini yo‘q qilishni yoki o‘zgartirib berishini so‘rang.
• Agar qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa shaxsiy ma’lumotlaringizni
himoya qilish uchun hisobingiz parolini o‘zgartiring.
• Noma’lum manbalardan olingan ilovalardan foydalanmang.
Добавить комментарий