8Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
Qurilmani samarali ishlatish
Elektron qurilmalar
Barcha qurilmalar boshqa qurilmalarning ishlashiga ta’sir qiladigan shovqinlarga olib
kelishi mumkin.
• Qurilmani tegishli ruxsatnomasiz tibbiy qurilmalar yaqinida foydalanmang.
Qurilmangizning ishlashi tibbiy qurilmaning ishlashiga halaqit berishi yoki
bermasligini aniqlash uchun shifokoringiz bilan maslahatlashing.
• Elektron yurak stimulyatorlarini ishlab chiqaruvchilari mumkin bo’lgan
shovqinlarni oldini olish uchun yurak stimulyatori va boshqa qurilmalar o’rtasida
kamida 15 sm masofa qoldirishni tavsiya qilishadi.
• Bu qurilma yorqin yoki miltillovchi yorug‘lik chiqarishi mumkin.
• Qurilma ayrim eshitishga yordam beruvchi qurilmalarga halaqit hosil qilishi
mumkin.
• Televizor, radio, kompyuter va hkz.larga kichik shovqinlar ta’sir etishi mumkin.
• Mumkinbo‘lsa,qurilmadan0ºCdan35ºCgachabo‘lganharoratdafoydalaning.
Qurilmaning o‘ta past yoki o‘ta yuqori haroratlar ta’siriga qo‘yish qurilmaning
shikastlanishi, noto‘g‘ri ishlashi va hattoki portlashiga ham olib kelishi mumkin.
Yo‘ldagi xavfsizlik
• Avtomobillarda qurilmalardan foydalanishni tartibga soluvchi mahalliy qonunlar
va qoidalarni o’qing.
• Avtomobil haydash vaqtida telefondan foydalanmang.
• Butun e’tiborni yo‘lga qarating.
• Agar mashina haydayotgan bo‘lsangiz, zarurat tug‘ilganda qo‘ng‘iroq qilish yoki
qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun yo‘l chekkasiga o‘ting.
• RT (radio to‘lqinlar) avtomobilingizdagi ayrim elektron tizimlarga, jumladan
avtomobil stereo tizimi va xavfsizlik jihozlariga ta’sir qilishi mumkin.
• Agar avtomobilingiz xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan bo‘lsa, ornatilgan yoki
ko‘chma simsiz qurilma jihoz bilan uni to‘sib qo‘ymang. Bu xavfsizlik yostiqchasining
yiqilib ketishi yoki noto‘g‘ri ishlashi tufayli juddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
• Ko’chada musiqa tinglayotganingizda, ovoz balandligi ko’chada bo’layotgan
hodisalardan habar bo’lib turishingizga halaqit bermasligiga ishonch hosil qiling. Bu
asosan avtomobil yo’llar yaqinida juda muhim.
Добавить комментарий