
9Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
Eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazmang
Eshitish qobiliyatiga shikast yetishining oldini olish uchun quloqliklar
orqali uzoq vaqt davomida baland ovozda eshitmang.
Agar uzoq vaqt davomida qulog‘ingiz baland tovush ta’sirida bo‘lsa, eshitishingiz
qobiliyatiga shikast yetishi mumkin. Shuning uchun garniturani qulog‘ingiz yaqinida
yoqish yoki o‘chirish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, musiqangiz va qo‘ng‘irog‘ingiz
ovoz murvati mo‘tadil darajaga o‘rnatishni tavsiya qilamiz.
• Garnituralardan foydalanayotgan paytingizda agar odamlarning ovozini
eshitmasangiz yoki yoningizdagi odamlar tinglayotgan narsangizni eshitsa, ovoz
murvatini pasaytiring.
Quloqlik va garnituradan chiqayotgan ortiqcha tovush bosimi eshitish
qobiliyatining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
Shisha qismlar
Qurilmaning ayrim qismlari shishadan yasalgan. Agar qurilma qattiq sirtlarga
tushirib yuborilsa yoki jiddiy zarb ta’siriga uchrasa, bu shisha sinishiga olib kelish
mumkin. Agar shisha sinsa, uni olib tashlashga urinmang. Vakolatli xizmat
ko‘rsatuvchi tomonidan shisha almashtirilmagunicha qurilmadan foydalanishni
to‘xtating.
Portlash ishlari olib borilayotgan hudud
Qurilmadan portlash ishlari olib borilayotgan joylarda foydalanmang. Cheklanishlarni
bajaring va barcha tartib va qoidalarga amal qiling.
Portlash ehtimoli mavjud bo‘lgan muhitlar
• Qurilmadan yonilg‘i quyish shahobchalarida foydalanmang.
• Yonilg‘ilar yoki kimyoviy moddalar yaqinida foydalanmang.
• Avtomobilingizning qurilma yoki aksessuarlar joylashgan bo‘lmasida yonuvchan
gaz, suyuqlik yoki porlovchi moddalarni tashimang yoki saqlamang.
Добавить комментарий