7Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
• Qurilmaning tashqi qismini tozalash uchun quruq matodan foydalaning (benzin,
erituvchi yoki spirt kabi eritmalarda foydalanmang).
• Qurilma yumshoq jihozlar ustida bo‘lganida uni zaryadlamang.
• Qurilma yaxshi shamollatiladigan joylarda zaryadlanishi kerak.
• Ushbu qurilmani ortiqcha tutun yoki chang ta’siri ostiga qo‘ymang.
• Ushbu qurilmani kredit kartalar yoki yo‘l chiptalarining yaqiniga qo‘ymang; bu
magnit tasmalardagi ma’lumotlarga ta’sir qilishi mumkin.
• Qurilma ekraniga o‘tkir buyumlar bilan tegmang, chunki bu qurilmaning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmaga suyuqlik yoki namning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.
• Ovoz uyasi kabi aksessuarlardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Antennaga
zaruratsiz teginmang.
• Telefoningiz oynasi singan, dars ketgan bo’lsa u holda telefondan foydalanmang,
tegmang yoki uni olib tashlash yoki tuzatishga urinmang. Foydalanish qoidalarini
buzish yoki noto‘g‘ri foydalanish tufayli shisha displeyning shikastlanishi kafolat
qamrovi doirasiga kirmaydi.
• Ushbu qurilma odatdagidek ishlayotgan vaqtda o‘zidan issiqlik chiqaruvchi
elekrton qurilmadir. Mos darajadagi ventilyatsiya mavjud bo‘lmagan hollarda o‘ta
uzoq vaqt to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga tegib turish noqulaylik yoki kichik kuyishlarga
olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ishlatish vaqtida yoki ishlatib
bo‘lgandan keyin qurilma bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
• Qurilmangiz xo‘l bo‘lsa, uni darhol rozetkadan uzing va yaxshilab quriting. Pech,
mikroto‘lqinli pech yoki soch quritgich kabi tashqi quritish moslamasi bilan
quritish jarayonini tezlashtirishga harakat qilmang.
• Nam qurilmangizdagi suyuqlik qurilmangiz ichidagi mahsulot yorlig’i rangini
o’zgartiradi. Suyuqlikka ta’sir qilish natijasida qurilmangizga zarar yetkazilgan
hollarda sizning kafolatlaringiz bekor qilinadi.
• Mobil qurilmada issiqlikni yo’qotish uchun to’g’ri havo aylanishi talab qilinadi.
To’g’ridan-to’g’ri teri bilan aloqa qilish va havo oqimlarining qurilmaga yetarli
darajada aylanishi qurilmani haddan tashqari qizib ketishiga olib kelishi mumkin.
Qurilma foydalanuvchi tanasi orasidan kamida 1,0 sm bo’lishi kerak.
• Chang yoki boshqa har qanday begona narsalarning Zaryadlash qurilmasi/USB
kabeli portiga kirishiga yo‘l qo‘ymang. Bu issiqlikka yoki yong’inga olib kelishi
mumkin.
Добавить комментарий