
Asosiy funksiyalar 64
• Namlik mavjud joyda tashqi terminal kabel, zaryadlash kabeli yoki ulagichdan
foydalanmang. Bu yong‘inga, elektr zarbasiga, jarohatlasnishga yoki
qurilmaning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Agar atrofda namlik
bo‘lsa, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va namlikni to‘liq ketkazing.
• Qurilmangiz bilan kelgan USB kabelidan foydalaning.
• LG tomonidan ma’qullangan zaryadlovchi qurilma va zaryadlovchi
kabeldan foydalaning. Batareyani begona zaryadlovchi qurilmasidan
foydalanish batareyaning portlashiga yoki qurilmaning shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
• Qurilmangizda ichki qayta zaryadlanuvchi batareyka mavjud. Xavfsizligingizni
ta’minlash uchun ichki o‘rnatilgan betareyani chiqarib olmang.
• Qurilmadan zaryadlanayotgan paytda elektr zarbasiga sabab bo‘lishi
mumkin. Qurilmadan foydalanish uchun uni zaryadlanishdan to‘xtating.
• Qurilma to‘liq zaryadlangandan so‘ng zaryadlovchi qurilmani rozetkadan
ajrating. Bu zaruratsiz elektr toki iste’molining oldini oladi.
• Tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlovchi zaryadlash adapteri qurilma
bilan birga beriladi.
• Agar mahsulot bilan birga berilgan asl adapterdan boshqa tezkor
zaryadlash adapteridan foydalanilsa, tezkor zaryadlash xususiyati
ishlamasligi mumkin.
• Batareyani zaryadlashning boshqa usuli bu USB kabelini qurilma bilan
kompyuter yoki noutbukka ulash orqali zaryadlashdir. Bu adapterni
rozetkaga ulashga qaraganda uzoqroq vaqtni olishi mumkin.
• Batareyani nominal kuchlanishni ushlab tura olmaydigan USB xabidan
foydalanib zaryadlamang. Zaryadlash mumkin bo‘lmasligi yoki
kutilmaganda to‘xtab qolishi mumkin.
Qurilmadan foydalanaishda ehtiyot choralari
• Qurilma bilan kelgan USB kabelidan foydalanishni unutmang;
qurilmangizda begona USB kabellari yoki zaryadlovchi qurilmalaridan
foydalanmang. LG kompaniyasining cheklangan kafolati begona
aksessuarlaridan foydalanishga tatbiq qilinmaydi.
• Ushbu yo‘riqnomadagi ko‘rsatmalarga amal qilmaslik yoki noto‘g‘ri
foydalanish qurilmaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Добавить комментарий