
9. Kafolat shartlari
Hurmatli xaridor!
Room S401, Haier Brand building, Haier Industry park, Hi-tech Zone, Laoshan
District, Qingdao, Xitoy manzilida joylashgan Haier korporatsiyasi Sizning tanlovingiz
uchun Sizga rahmat aytadi, undan foydalanish qoidalariga amal qilingan hollarda ushbu
mahsulotning yuqori sifati va mukammal ishlashini kafolatlaydi. Bilvosita isitish boyleri
uchun rasmiy xizmat muddati mahsulot oxirgi foydalanuvchiga topshirilgan kundan bosh-
lab 10 yil. Mahsulotning yuqori sifatini hisobga olgan holda haqiqiy foydalanish muddati
rasmiy xizmat qilish muddatidan sezilarli darajada ortiq bo‘lishi mumkin. Xizmat qilish
muddati yakunlanishi bilan prolaktika ishlarini o‘tkazish va tavsiyalar olish uchun Vako-
latli servis markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Barcha mahsulotlar foydalanish
sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan va texnik talablaga mosligi bo‘yicha
tegishli sertikatlashdan o‘tgan.
Tushinmovchiliklarning oldini olish uchun Sizdan xarid vaqtida foydalanish bo‘yicha
ko‘rsatmalar, kafolat majburiyatlari shartlarini diqqat bilan o‘qib chiqishni o‘tinib so‘ray-
miz. Ushbu mahsulot maishiy maqsadlardagi texnik jihatdan murakkab tovar hisoblanadi.
Agar Siz xarid qilgan mahsulot maxsus o‘rnatish va ulashlarni talab qilsa, Sizga Haier
korporatsiyasining Vakolatli hamkoriga murojaat qilishni qat’iy tavsiya qilamiz.
Ushbu kafolat taloni bilan Haier Korporatsiyasi o‘z zimmasiga iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik, mahsulotda kamchiliklar
aniqlangan hollarda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilgan iste’molchilar talablari-
ni qonidirish bo‘yicha majburiyatlarni olganligini tasdiqlaydi. Biroq Haier Korporatsiyasi
quyida bayon qilingan shartlarga amal qilinmagan hollarda mahsulotga kafolat xizmatini
ko‘rsatishni rad qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kafolat xizmatini ko‘rsatish shartlari
Haier korporatsiyasi boylerning ichki baki va issiqlik almashtirgichi uchun 7 yil (84
oy) ga teng kafolat muddatini, mahsulotning qolgan elementlari uchun esa — 2 yil (24 oy)
kafolat muddatini o‘rnatadi.
Haier bilvosita isitish boylerlariga 10 yil xizmat qilish muddati o‘rnatilgan.
Ushbu xizmat muddati tugagandan so‘ng foydalanuvchi malakali texnik tekshiruv
va boylerning keyingi ishlashi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vakolatli Haier uskunalari
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishi kerak.
Kafolat muddati boyler yakuniy iste‘molchiga sotilgan paytdan boshlanadi. Mum-
kin bo‘lgan tushinmovchiliklarning oldini olish uchun u sotilgan vaqtda mahsulotga qo‘shib
beriladigan hujjatlarni (tovar cheki, kassa cheki, foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar) butun
xizmat qilish muddati davomida saqlang.
Kafolat xizmati faqat Haier Korporatsiyasining Vakolatli hamkorlari tomonidan
ko‘rsatiladi. Vakolatli hamkorlarning to‘liq ro‘yxatini quyidagi telefon raqamlari orqali Haier
Axborot markazidan bilib olishingiz mumkin:
00-800-2000-17-06 — O’zbekiston iste’molchilari uchun telefoni (O’zbekiston
hudud-laridan bepul qo’ng’iroq qilinadi)
(+998 71) 207-10-01 — Xizmat ko’rsatish markazi (Toshkent)
Добавить комментарий