
4.4 Qo‘shimcha elektr isitish
Boylerga qo‘shimcha ravishda isitish elementi o‘rnatish mumkin, o‘rnatish uchun
rezba 1½", buning natijasida mahsulotda suvni 60°C gacha isitish mumkin.
Ichki o‘rnatilgan harorat regulyatori boylerdagi suv haroratini doimiy va ishonchli
nazorat qilishni ta’minlaydi.
5. Montaj qilish
5.1 Ogohlantirishlar
Montaj qilish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan bog‘liq
barcha harakatlar malakali xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Bilvosita isitish jamlash boylerini issiqlik generatoriga yaqin joyda o‘rnatish tavsiya
etiladi.
O‘rnatish xonasi quyidagi standartlarga javob berishi kerak:
– havo harorati: +2 °C dan + 45 °C gacha;
– havoning namligi 80% dan yuqori emas
Boyler vertikal holatda o‘rnatiladi.
Boylerni o‘rnatishda xavfsizlik klapaniga kirish imkoniyatini ta’minlash kerak.
Xavfsizlik klapani sovuq suv kirishiga o‘rnatilishi kerak.
O‘rnatishdan oldin isitish tizimi yuvilishi kerak.
Jamlash boyleri isitish tizimiga ulanadi, uning bosimi 1 MPa (10 bar) dan oshmasli-
gi kerak.
Boyler kirishi va chiqishidagi quvurlar kamida 90 daraja suv haroratiga, shuning-
dek 1 MPa (10 bar) dan ortiq suv bosimiga bardosh berishi kerak.
Boylerni himoya qilish uchun quyidagilarni o‘rnatish tavsiya etiladi:
• 0,7 MPa (7 bar) bosimga sozlangan xavfsizlik klapani sovuq suv kiradigan joyga
o‘rnatilishi kerak.
• Sovuq quv kirishiga filtr o‘rnatish tavsiya etiladi (kirlar va zang boylerga
tushmasligi va xavfsizlik klapanining to‘g‘ri ishlashi uchun).
• Issiq suv ta’minot tizimining kengaytirish tanki. Kengaytirish tankini o‘rnatishda
uning hajmi jamlash boylerining hajmining kamida 10% ni tashkil qilishi kerak. Boylerni
birinchi marta yoqishdan (ishga tushirishdan) oldin uni to‘ldirish va issiqlik almashtirgich
va bakni yuvish kerak.
5.2 O‘rnatish joyini tanlash
Boyler binoning muzlashdan va yog‘ingarchilik ta‘siridan himoyalangan ichki qis-
miga o‘rnatilishi kerak.
Добавить комментарий