
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash faqat Haier vakolatli xizmat ko‘rsatish marka-
zining malakali mutaxassisi yoki Hamkorning bunday xizmat ko‘rsatish markazi bilan unga
faqat original ehtiyot qismlardan foydalangan holda texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash-
ni amalga oshirishga vakolat beruvchi yozma shartnomaga ega bo‘lgan ixtisoslashgan
tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Yosh bolalarga qozon va/yoki qozondan olib tashlangan qadoqlash materiallari
(karton, polietilen paketlar va boshqalar) bilan o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymang, chunki bu ular
uchun xavf manbai bo‘lishi mumkin.
Qurilma jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyati past bo‘lgan yoki hayotiy tajriba yoki
bilimga ega bo‘lmagan shaxslar (shu jumladan bolalar) tomonidan ular nazorat qilin-
magan yoki ularning xavfsizligi uchun mas’ul shaxs tomonidan asbobdan foydalanish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmagan hollarda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.
Bilvosita isitish qozonini noto‘g‘ri o‘rnatish foydalanuvchi yoki boshqalarning shax-
siy xavfsizligi uchun xavf tug‘dirishi yoki qozonning o‘ziga va boshqa mulkka zarar yetka-
zishi mumkin.
Qozonni o‘rnatish faqat ushbu turdagi ish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar-
ga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan va amaldagi davlat va mahalliy standartlarga,
shuningdek ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tavsiyalarga rioya qilgan holda amalga os-
hirilishi kerak.
Ishlab chiqaruvchi o‘rnatish va foydalanish xatolaridan hamda amaldagi davlat va
mahalliy me‘yorlari va ko‘rsatmalariga rioya qilmaslikdan kelib chiqadigan zarar uchun
javobgarni o‘z zimmasiga olmaydi.
Yuzasini tozalashda agressiv tozalash vositalaridan foydalanmaslik kerak.
Xavfsizlik klapani va suvni to‘kish kraniga foydalanuvchi tomonidan mustaqil rav-
ishda xizmat ko‘rsatilmasligi kerak, buni mutaxassis bajarishi kerak.
Agar boyler sovuq mavsumda ishlatilmasa va muzlash xav mavjud bo‘lsa, “Boy-
lerdan suvni to‘kib tashlash” bo‘limidagi tegishli ko‘rsatmalarni bajaring.
Nosozlik yuz bergan va/yoki ishlashi qoniqarsiz bo‘lgan hollarda qozonning ish-
lashini darhol to‘xtatish kerak, o‘z-o‘zicha ta’mirlash yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvga
urinishdan tuyilish lozim.
Nosozlikni aniqlash va qozonni ta’mirlash uchun ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish
tashkilotiga murojaat qiling. Vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari ro‘yxatini sotuvchi-
dan, https://www.haier-europe.com saytidan yoki 00-800-2000-17-06 ishonch telefoniga
qo‘ng‘iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.
3. Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
3.1 Ogohlantirishlar
Bilvosita isitish uchun jamlovchi boyler faqat o‘z maqsadiga muvoq ishlatilishi
kerak. Boshqa har qanday foydalanish noo‘rin va shuning uchun ehtimoliy xavi hisobla-
nadi. Boylerdan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
taqiqlanadi.
Добавить комментарий