
81
O’ZBEK
• Paxta (Хлопок): rejim paxta, zig‘ir yoki alohida parvarishni talab qilmaydigan boshqa
matolardan tikilgan o‘rtacha va juda ios kirlarni (kunlik kiyimlar, choyshablar) yuvish uchun
mo‘ljallangan.
• Tez 45 daqiqa (Быстрая 45 мин): Qisqa muddat barcha turdagi matolar uchun 40°C da
kuchsiz darajada ioslangan kirlarni har kuni yuvish uchun.
• EKO 40-60° (ЭКО 40-60º): 40°C - 60°C da yuvish. Oq va oqarmaydigan rangli paxtadan, oddiy
ioslangan sintetikadan tayyorlangan kiyimlarni yuvish uchun. Bunda energiya sar kamayadi va
yuvish dasturining davomiyligi oshadi.
Biryusa WM-MG814/05
• Sintetik (Синтетика): ushbu rejim sezgir va sintetik matolardan tayyorlangan buyumlarni,
pardalar va pardasimon matolardan tayyorlangan buyumlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Trikotaj kiyimlarni yuvishda kiyimning shakli buzilmasligi uchun vositani miqdorini kamaytirish
tavsiya etiladi.
• Jun (Шерсть): ushbu rejim faqat jun va jun aralashmalarini yuvish uchun mo‘ljallangan,
buning uchun ishlab chiqaruvchi mashinada yuvishga ruxsat beradi. Mahsulot yorlig‘ida ruxsat
etilgan harorat rejimi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish kerak. Jun mahsulotlari uchun
maxsus yuvish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
• Katta hajmli kiyimlar (Объемные вещи): qalin, katta narsalarni (adyol, ko‘rpa jildi, ustki
kiyim) 40 °C haroratda yuvish uchun. Yuvishdan oldin kiyimlarni barabanga teng ravishda
taqsimlash tavsiya etiladi.
• Bolalar (Детская): bolalar kiyimlarini, tagliklarini va boshqalarni 60 °C haroratda intensiv
yuvish. Bolalar kiyimlarini qolganlaridan alohida yuvish tavsiya etiladi.
• Sport (Спортивная): kuchli ioslangan sport kiyimlari va poyabzallarni 20°C da yuvish uchun.
Sport poyabzallarini yuvishda bir vaqtning o‘zida ikki juftdan ortiq poyabzalni yuvish tavsiya
etilmaydi.
• Barabanni tozalash (Очистка барабана): ushbu rejim mashinaning barabanini yuqori
haroratda tozalash va sterilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu rejim kiyimlarni yuvish
uchun mo‘ljallanmagan. Eng yaxshi natijaga erishish uchun oz miqdorda vosita qo‘shish tavsiya
etiladi.
• Rejimni ishga tushirish uchun «Barabanni tozalash» tugmasini bosish kerak, so‘ngra «Start/
Pauza» tugmasini bosing.
• Har 25 yuvish siklidan so‘ng Barabanni tozalash tugmasidagi indikator yonadi. Indikator paydo
bo‘lganda, barabanni tozalash siklini boshlash tavsiya etiladi.
• Barabanni tozalash zarurligi indikatorini o‘chirish uchun «Barabanni tozalash» tugmasini 3
soniya bosib turing, shundan so‘ng yuvish sikllarining hisoblagichi tiklanadi.
• Intensiv (Интенсивная): bu rejim samaradorligini oshirish uchun yuvish davomiyligini va
umumiy intensivligini oshiradi. Ushbu rejim paxta, zig‘ir yoki boshqa parvarish qilish oson bo‘lgan
matolardan tayyorlangan bolalar kiyimlarini va kuchli ioslangan narsalarni yuvish uchun tavsiya
etiladi.
• Jinslar (Джинсы): 60°C da jinsilar uchun yumshoq yuvish. Yuvishdan oldin kiyimlarni
ichkariga aylantirish va suyuq yuvish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
• Sovuq yuvish 20° (Холодная стирка 20°): kuchsiz darajada ioslangan kirlarni har kuni
yuvish uchun mo‘ljallangan barcha turdagi matolarni past haroratda yuvish.
• Tez 15 daqiqa (Быстрая 15 мин): Barcha turdagi matolarni sovuq suvda yuvish uchun qisqa
muddatli dastur, kuchsiz darajada ioslangan kirlarni har kuni yuvish uchun mo‘ljallangan.
• Oldindan yuvish (Предварительная стирка): Bu funksiyani qattiq ioslangan narsalarni
yuvishda faollashtirish tavsiya etiladi. Eski va singib ketgan kirlarni tozalash imkonini beradi.
• Qo‘shimcha chayish (Дополнительное полоскание): funksiya kirdan qolgan yuvish
vositasini yaxshilab chayish imkonini beradi. Bu funksiyadan bolalar kiyimlarini yuvish,
shuningdek qalin kiyimlarni, masalan, adyol, ustki kiyim va hokazolarni yuvish uchun foydalanish
tavsiya etiladi.
Kir yuvish
mashinasining
vazifalari
Kir yuvish
mashinasining
ish rejimlari
• Aralash matolar (Смешанные ткани): mato turi bo‘yicha saralanmagan, odatda standart
bo‘yicha 40°C da ioslangan aralash narsalarni yuvish dasturlari.
Добавить комментарий