
53
RMC-FM27
UZB
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan
2 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin. Ushbu
dasturda tayyorlash uchun maxsus konteynerdan foydalaning
(majmualar to’plamiga kiradi).
«ВАРКА» dasturi
Dastur sabzavotlar va dukkaklilarni tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Standart tayyorlash vaqti 40 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash
vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 8
soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.
«МАКАРОНЫ» dasturi
Dastur suvni qaynashgacha olib borish, masalliqlarni solish va
ularni keyingi tayyorlashni ko’zda tutadi. Suvning qaynaganligi
va masalliqlarni solish kerakligi to’g’risida tovushli signal xabar
qiladi. Tayyorlash vaqtining teskari hisobi «Старт» tugmachasi
qayta bosilgandan keyin boshlanadi.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 daqiqani
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqali o’zgartirish qadami
bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish
mumkin. Ushbu dasturda «Отсрочка старта» va «Автоподогрев»
funksiyalaridan foydalanib bo’lmaydi.
Ayrim mahsulotlarni (masalan, makaron, chuchvara)
tayyorlaganda ko’pik hosil bo’ladi. Uning jomdan oqib
ketishining oldini olish uchun mahsulotlarni qaynayotgan
suvga solgandan bir necha daqiqa o’tgandan keyin qopqoqni
ochib qo’yish mumkin.
«ЖАРКА» dasturi
Go’sht, tovuq go’shti, baliq va ko’p masalliqli taomlarni qovurish
uchun mo’ljallangan. Mahsulotlarni qopqoq ochilgan holda
qovurish tavsiya qilinadi. Standart holatda ushbu dasturdagi
tayyorlash vaqti 18 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini
1 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha
bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin. Ushbu dasturida
ishga tushishni kechiktirish funksiyasidan foydalanib
bo’lmaydi.
Masalliqlarning kuyib ketishini oldini olish uchun reseptlar
kitobidagi ko’rsatmalarga amal qilish va jomdagi masalliqlarni
vaqti-vaqti bilan aralashtirib turishni tavsiya qilamiz. «ЖАРКА»
dasturidan takror foydalanishdan avval jihozni to’liq sovutib
oling.
«ВЫПЕЧКА» dasturi
Achitqili xamirdan kekslar, pishiriqlar va piroglar tayyorlash uchun
mo’ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti
1 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish
qadami bilan 10 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda
o’rnatish mumkin.
Pishiriq tayyorlaganda taomni avtomatik isitish funksiyasini
o’chirib qo’yish tavsiya qilinadi. U nam bo’lib qolmasligi uchun
tayyor mahsulotni darhol multipishirgichdan chiqarib oling.
Agar buning iloji bo’lmasa, mahsulotni avtomatik isitish
funksiyasi yoqilgan holda multipishirgichda oz vaqtga
qoldirishga yo’l qo’yiladi.
«ТУШЕНИЕ» dasturi
Gulyash, jarkoye va ragu tayyorlash uchujn mo’ljallangan. Standart
holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 50 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan
12 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.
«СУП» dasturi
Bulonlar, go’sht, baliq, tovuq go’shti yoki sabzavotlardan ziravorli,
sabzavotli va sovuq sho’rvalar tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 40 daqiqani
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami
bilan 10 daqiqadan 8 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda
o’rnatish mumkin.
«ЙОГУРТ» dasturi
Uy yogurtini tayyorlash va xamir tindirish uchun mo’ljallangan.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 soatni
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5daqiqali o’zgartirish qadami
bilan 10 daqiqadan 12 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda
o’rnatish mumkin. Masalliqlarni solganda ularning jom foydali
hajmining yarmidan ko’p qismini egallamasligini kuzatib turing.
Bu dasturda avtomatik isitish funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
Yogurt tayyorlash uchun siz REDMOND RAM-G1 maxsus
bankalar to’plamidan foydalanishingiz mumkin (alohida xarid
qilinadi).
«РИС/КРУПЫ» dasturi
Dastur turli yormalar va garnirlar tayyorlash hamda suvda
uvalanuvchan bo’tqalar pishirish uchun mo’ljallangan. Standart
tayyorlash vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1
daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan
diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.
«ПИЦЦА» dasturi
Dastur go’shtli, tovuq go’shtili, pishloqli va masalliqlarning boshqa
turlari bilan pitstsalar tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart
tayyorlash vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5
daqiqali o’zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 1 soatgacha
bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi
Dastur past darajadagi yog’likka ega bo’lgan tozalangan sutdan
foydalanib bo’tqalar tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart
tayyorlash vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1
daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 4soatgacha bo’lgan
diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.
Sutning qaynab ketishini oldini olish va kerakli natijaga erishish uchun
tayyorlashdan avval quyidagi harakatlarni bajarish tavsiya qilinadi:
•
butun donli (guruch, grechixa, oqlangan tariq va boshq.)
barcha yormalarni jarayonda quyilayotgan suv toza
bo’lmagunicha yaxshilab yuvish;
•
tayyorlashdan avval multipishirgich jomini sariyog’ bilan
yog’lash;
•
reseptlar kitobidagi ko’rsatmalarga ko’ra masalliqlarni
o’lchagan holda nisbatlarga qat’iy amal qilish (masalliqlar
miqdorini qat’iy mutanosib tarzda kamaytirish yoki orttirish);
•
qaymog’i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda
ichimlik suvi bilan aralashtirish.
Sut va yormalarning xususiyatlari kelib chiqishi va ishlab
chiqaruvchiga bog’liq ravishda farq qilishi mumkin, bu esa
ayrim hollarda tayyorlash natijalariga ta’sir ko’rsatadi.
Agar «МОЛОЧНАЯ КАША» dasturida kutilgan natijaga
erishilmagan bo’lsa, «МУЛЬТИПОВАР» universal dasturidan
foydalaning. Sutli bo’tqa tayyorlash uchun optimal harorat
bo’lib 95°С hisoblanadi. Masalliqlar miqdori va tayyorlash
vaqtini reseptga ko’ra o’rnating.
«ПЛОВ» dasturi
Dastur palovning turli turlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 30 daqiqani
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami
bilan 10 daqiqadan 2 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda
o’rnatish mumkin.
«ТОМЛЕНИЕ» dasturi
Dastur konservalashtirib dimlangan go’sht, rulka hamda ilitilgan
sut tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda ushbu
dasturdagi tayyorlash vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash
vaqtini 10 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 12
soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.
III. JIHOZ USTIDAN QAROV
Umumiy qoidalar va tavsiyalar
•
Jihozdan dastlabki foydalanishdan avval hamda tayyorlashdan
keyin taom hidlarni ketkazish uchun yarimta limonni «НА
ПАРУ» dasturida 15 daqiqa davomida qaynatishni tavsiya
qilamiz
•
Tayyorlangan taom bilan yoki suv to’ldirilgan jomni 24
soatdan ortiq vaqt yopiq multipishirgichda qoldirmang. Tayyor
taomli jomni muzlatgichda saqlash va zarur bo’lgan hollarda
isitish funksiyasidan foydalanib multipishirgichda taomni
isitish mumkin.
•
Agar jihozdan uzoq vaqt foydalanmasangiz, uni elektr
tarmog’idan uzib qo’ying. Ishchi kamera, jumladan qizdirish diski,
jom, ichki qopqoq va bug’ klapani toza va quruq bo’lishi kerak.
•
Jihozni tozalashga kirishishdan avval uning elektr tarmog’idan
uzilganligiga va to’liq sovuganligiga ishonch hosil qiling.
Tozalash uchun yumshoq latta va abraziv bo’lmagan idish
yuvish vositalaridan foydalaning.
Добавить комментарий