Sozlamalar 140
• Ekran taym-auti: Qurilma ma‘lum vaqt kutish rejimida qolganda ekran
avtomatik tarzda o‘chib qoladi.
• Ekran saqlagich: Ekran tutqich yoki zaryadlash moslamasiga
ulanganda ekran lavhasi ko‘rsatiladi. Ekranga chiqarish uchun ekran
lavhasi turini tanlang.
• Mini ko'rish rejimi: Qurilmadan bitta qo‘lda qulay tarzda foydalanish
uchun ekran o‘lchamini kichikroq qiling. Bosh ekranning ekran quyi
qismidagi sensorli tugmasini chapga yoki o‘ngga sudrang.
Umumiy
Qulflash ekrani va xavfsizlik
Qulflash ekrani va xavfsizlik sozlamalarini moslashtirishingiz mumkin.
• Google Play Protect: Qurilmangizni har kuni zararli ilovalarning yo‘qligi
bo‘yicha tekshiradi.
• Qurilmamni top: Qurilma joylashgan joyni masofadan kuzatib boring.
Qurilmangizni yo‘qotib qo‘yganingizda ma’lumotlaringizni xavfsiz
ravishda himoya qilishingiz ham mumkin.
• Xavfsizlik yangilanishi: Dasturiy ta’minot yangilanishining mavjudligini
tekshiring va avtomatik o‘rnatish sozlamalarini sozlang.
• Ekran qulfini tanlang: Kerakli ekranni bloklash usulini tanlang.
Tafsilotlar uchun
Qulflash ekranini o‘rnatish
’ga qarang.
• Qulflash ekranini sozlash: Qulflangan ekranda namoyish qilingan
ma’lumotlarni o‘zgartiring.
• Xavfsiz qulf sozlamalari: Xavfsiz bloklash sozlamalarini o‘zgartiring.
• Barmoq izlari: Ekran yoki kontentni qulfdan ochish uchun barmoq
izingizdan foydalaning. Tafsilotlar uchun
Barmoq izini tanib olishning
qisqacha bayoni
’ga qarang.
• Yuzni tanib olish: Yuzingiz bilan ekranni blokdan chiqarishga imkon
beradi. Tafsilotlar uchun
Yuzni tanib olishning qisqacha bayoni
’ga
qarang.
• Kontent qulfi: QuickMemo+ va Galereya fayllaringiz uchun bloklash
turini (parol yoki grafikkaliti) o‘rnatishga imkon beradi.
Добавить комментарий