
Asosiy funksiyalar 50
• Namlik mavjud joyda tashqi terminal kabel, zaryadlash kabeli yoki
ulagichdan foydalanmang. Bu yong‘inga, elektr zarbasiga, jarohatlasnishga
yoki qurilmaning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Agar atrofda
namlik bo‘lsa, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va namlikni to‘liq
ketkazing.
• Qurilmangiz bilan kelgan USB kabelidan foydalaning.
• LG tomonidan ma’qullangan zaryadlovchi qurilma va zaryadlovchi kabeldan
foydalaning. Batareyani begona zaryadlovchi qurilmasidan foydalanish
batareyaning portlashiga yoki qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi
mumkin.
• Qurilmangizda ichki qayta zaryadlanuvchi batareyka mavjud. Xavfsizligingizni
ta’minlash uchun ichki o‘rnatilgan betareyani chiqarib olmang.
• Qurilmadan zaryadlanayotgan paytda elektr zarbasiga sabab bo‘lishi
mumkin. Qurilmadan foydalanish uchun uni zaryadlanishdan to‘xtating.
• Qurilma to‘liq zaryadlangandan so‘ng zaryadlovchi qurilmani rozetkadan
ajrating. Bu zaruratsiz elektr toki iste’molining oldini oladi.
• Tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlovchi zaryadlash adapteri mahsulot bilan
birga beriladi.
• Agar mahsulot bilan birga berilgan asl adapterdan boshqa tezkor zaryadlash
adapteridan foydalanilsa, tezkor zaryadlash xususiyati ishlamasligi mumkin.
• Batareykani zaryadlashning boshqa usuli USB kabelini qurilma bilan
kompyuter yoki noutbukka ulash orqali zaryadlashdir. Bu adapterni
devordagi rozetkaga ulashda qaraganda ko‘proq vaqt olishi mumkin.
• Nominal kuchlanishni ta’minlab bera olmaydigan USB xabidan foydalanish
orqali batareykani zaryadlamang. Zaryadlab bo‘lmaslik yoki zaryadlash
to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin.
Qurilmadan foydalanaishda ehtiyot choralari
• Qurilma bilan kelgan USB kabelidan foydalanishni unutmang;
qurilmangizda begona USB kabellari yoki zaryadlovchi qurilmalaridan
foydalanmang. LG kompaniyasining cheklangan kafolati begona
aksessuarlaridan foydalanishga tatbiq qilinmaydi.
• Ushbu yo‘riqnomadagi ko‘rsatmalarga amal qilmaslik yoki noto‘g‘ri
foydalanish qurilmaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Добавить комментарий