
Sozlamalar 149
Qayta ishga tushirish & Dastlabki holatga qaytish
Qurilmani, jumladan tarmoq va ilovalar sozlamalarini qayta o‘rnatishingiz
mumkin.
1 Sozlamalar ekranida Umumiy Qayta ishga tushirish & Dastlabki
holatga qaytishni bosing.
2 Quyidagi sozlamalarni moslashtiring:
• Avtomatik o'chib yonish: O‘rnatilgan vaqtda telefonni qayta ishga
tushiring va optimallashtiring. Ushbu funksiyani faollashtirish uchun
bosing . Qurilma o‘rnatilgan vaqtda avtomatik tarzda qayta
ishga tushadi va o‘zini optimallashtiradi. Qayta ishga tushirish uchun
sana va vaqtni tanlang.
• Siz qurilmani haftasiga bir marta o‘zini qayta ishga tushiradigan tarzda
o‘rnatishingiz mumkin. Qurilma avvaldan o‘rnatilgan vaqtdan boshlab bir
soat ichida o‘zini qayta ishga tushiradi.
• Qurilma qayta ishga tushishi bilan bildirishnomalar va nishonlar
o‘chiriladi. Avvaldan o‘rnatilgan vaqtdan avval muhim ma’lumotlarni
saqlab qo‘ying.
• Quyidagi hollarda Avtomatik-qayta ishga tushirish xususiyati
faollashtirilmaydi: Ekran yoqilganida, qurilmadan foydalanilayotganida,
batareyka zaryadi darajasi 30% yoki undan kam bo‘lganida, USIM
kartasi bloklanganida yoki qurilmani yoqish vaqtida qurilma qulfi
faollashtirilganida.
• Tarmoq sozlamalarini qaytadan o'rnatish: Wi-Fi, Bluetooth va
boshqa tarmoq sozlamalarini birlamchi holatga qaytaring.
• Ilova-dastur paramentrlarini dastlabki holatga qaytarish: Ilova
uchun sozlamalarni qayta o‘rnating. Ilovaga saqlangan ma’lumotlar
o‘chirilmaydi.
• Dastlabki ma'lumotlarga qaytib o'rnatish: Barcha sozlamalarni
birlamchi holatga qaytaring va ma’lumotlarni o‘chiring.
• Qurilmangizni qayta ishga tushirish va qayta o‘rnatish undagi barcha
ma’lumotlarni o‘chirib yuboradi. Qurilmangiz nomi, Google hisob
qaydnomasi va boshqa dastlabki ma’lumotlarni kiriting.
Добавить комментарий