
61
O’ZBEK
Biryusa WM-MX712/15, WM-MX814/15,
WM-MX1014/15, WM-MX1214/15
• Paxta (Хлопок): rejim paxta, zig‘ir yoki alohida parvarishni talab qilmaydigan boshqa
matolardan tikilgan o‘rtacha va juda ios kirlarni (kunlik kiyimlar, choyshablar) yuvish uchun
mo‘ljallangan.
• Sport (Спортивная): kuchli ioslangan sport kiyimlari va poyabzallarni 20°C da yuvish uchun.
Sport poyabzallarini yuvishda bir vaqtning o‘zida ikki juftdan ortiq poyabzalni yuvish tavsiya
etilmaydi.
Kir yuvish
mashinasining
ish rejimlari
• Sintetika (Синтетика): rejim sezgir va sintetik matolar, pardalar va nas matolardan
tayyorlangan buyumlarni yuvish uchun mo‘ljallangan. Trikotaj kiyimlarni yuvishda kiyimning
shakli buzilmasligi uchun vositani miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi.
• Tez 15 daqiqa (Быстрая 15 мин): Barcha turdagi matolarni sovuq suvda yuvish uchun qisqa
muddatli dastur, kuchsiz darajada ioslangan kirlarni har kuni yuvish uchun mo‘ljallangan.
• EKO 40-60° (ЭКО 40-60°): 40-60°C haroratda yuvish. Oq va rangi o‘chmaydigan rangli paxta
mahsulotlari hamda o‘rtacha darajada kirlangan sintetik matolarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Rejim yuvishning optimal sifatini saqlab, suv va elektr energiyasini tejash uchun mo‘ljallangan.
• Jun (Шерсть): bu rejim faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan mashinada yuvishga ruxsat
berilgan jun va yarim jun mahsulotlarini yuvish uchun mo‘ljallangan. Mahsulot yorlig‘ida ruxsat
etilgan harorat rejimi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish kerak. Jun mahsulotlari uchun
maxsus yuvish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
• Katta hajmli kiyimlar (Объемные вещи): qalin, katta narsalarni (adyol, ko‘rpa jildi, ustki
kiyim) 40 °C haroratda yuvish uchun. Yuvishdan oldin kiyimlarni barabanga teng ravishda
taqsimlash tavsiya etiladi.
• Siqish (Отжим): bu rejimda mashina kiyimlarni yuvmaydi va chayqamaydi, faqat siqadi.
• Barabanni tozalash (Очистка барабана): ushbu rejim mashinaning barabanini yuqori
haroratda tozalash va sterilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu rejim kiyimlarni yuvish
uchun mo‘ljallanmagan. Eng yaxshi natijaga erishish uchun oz miqdorda vosita qo‘shish tavsiya
etiladi.
• Jinslar (Джинсы): 60°C da jinsilar uchun yumshoq yuvish. Yuvishdan oldin kiyimlarni
ichkariga aylantirish va suyuq yuvish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
• 20°C sovuq suvda yuvish (Холодная стирка 20°С): kundalik kam ioslangan kirlarni yuvish
uchun mo‘ljallangan, past haroratda har qanday turdagi matolarni yuvish rejimi.
• Tez 45 daqiqa (Быстрая 45 мин): Qisqa muddat barcha turdagi matolar uchun 40°C da
kuchsiz darajada ioslangan kirlarni har kuni yuvish uchun.
• Aralash matolar (Смешанные ткани): rejim mato turi bo‘yicha saralanmagan, odatiy
ioslangan aralash buyumlarni 40°C da yuvishga mo‘ljallangan.
• Bolalar kiyimlari (Детская): bolalar kiyimlarini, tagliklarini va boshqalarni 60 °C haroratda
intensiv yuvish. Bolalar kiyimlarini qolganlaridan alohida yuvish tavsiya etiladi.
• Bug ‘bilan ishlov berish (Обработка паром): qo‘shimcha bug‘ bilan ishlov berish bilan
narsalarni intensiv yuvish rejimi. Rejim maxsus parvarishni talab qiladigan juda ioslangan
kirlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Добавить комментарий