
2726
O’ZBEK
O’rnatish
FOYDALANISHGA TAYYORGARLIK
UMUMIY MA`LUMOTLAR
TAVSIYA
QILAMIZ
Qadoqni
yechish
DIQQAT!
DIQQAT!
TAQIQLANADI!
• Qadoqlash tasmalarini kesing, qadoqni olib tashlang, zarba olishiga yoʻl qoʻymagan holda
sovitkichni orqa devorga joylashtiring.
• 13 gayka kaliti yordamida yogʻochdan ishlangan tashish tubi qotirish boltlarini ga burang va
tubni olib tashlang. Shundan soʻng rezbali tirqishlarga sovitkich komplektatsiyasiga kiruvchi
rostlash tirgaklarini kiriting. Tirgak oltiyoq shaklida ishlangan, agar uni burash qiyinchilik tugʻdirsa,
burash uchun 27 kalitdan foydalaning.
• Sovitkichni vertikal holatga qoʻying.
• Sovitkich vertikal holatga keltirilgach, yoqishdan oldin kamida 30 daqiqa kutish kerak.
Darhol yoqish sovutish moslamasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin!
• Sovutgichni yoqishdan oldin kompressor ustida joylashgan eritilgan suv idishini
mahkamlanishining ishonchliligini tekshiring (Biryusa 107, 108, 110, 112, 114, 116
modellaridan tashqari).
• Agar sovutgich 0 °C dan past haroratlarda saqlangan yoki tashilgan bo’lsa, elektr
ta`minotiga ulashdan oldinsovutgichni eshiklari ochiq holda xona haroratida kamida
8 soat ushlab turish kerak. Qizdirilmagan sovutgichni tarmoqqa ulash uning ishdan
chiqishiga olib kelishi mumkin!
• Sovutgich to’g’ridan-to’g’ri quyosh nuri tushmaydigan joyda, yoritish va isitish moslamalaridan
(gaz va elektr plitalari, pechlar va isitish radiatorlari) kamida 50 sm uzoq masofada o’rnatilishi
kerak.
• Sovutgichning tepasida havo aylanishi uchun kamida 10 sm bo’sh joy bo’lishi kerak.
• Ko’chirish qulay bo’lishi uchun sovutgichlar kompressor ostki qismiga o’rnatilgan g’ildirak
tayanchlari bilan jihozlangan.
Sovutgich atrof-muhit harorati 16 dan 38 °C gacha bo’lgan nisbiy namlik 75% dan
oshmaydigan xonalarda o’rnatish uchun mo’ljallangan (Biryusa 109 dan tashqari, 16 dan
32°C gacha).
Sovutgichni mebel orasiga o’rnatish.
Sovutgichni gorizontal ravishda tekislash sozlash tayanchlarini burab kirgizish yoki burab
chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Tekislash
Sovutgichni tekislashda foydalanish davomida tebranish va shovqin paydo bo’lishining
oldini olish uchun uning barqaror holatda turganligiga ishonch hosil qilish kerak.
DIQQAT!
• Eshiklarni o’z-o’zidan yopilishi uchun sovutgichni vertikal o’qdan bir oz qiyalikda (5-7 mm)
o’rnatish tavsiya etiladi.
• Kerak bo’lganda, kamera eshiklarini teskari yo’nalishda ochish uchun qayta o’rnatish mumkin.
Eshiklarni qayta o’rnatish kafolat majburiyatlariga kirmaydi va xizmat ko’rsatish markazining
mexanigi (alohida haq evaziga) yoki foydalanuvchi tomonidan «Eshiklarni qayta o’rnatish»
bo’limida keltirilgan ko’rsatmalarga muvoq mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Maishiy sovutgichlar, sovutgichlar-muzlatgichlar, muzlatgichlar (bundan buyon matnda
sovutgichlar) yangi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’limida oziq-ovqat mahsulotlarini qisqa
muddatli saqlash va ichimliklarni sovutish, yangi oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish va muzlatilgan
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’limida uzoq muddatli saqlash uchun mo’ljallangan.
Sovutgichlar 004/2011 BI TR, 020/2011 BI TR, 037/2016 YeOII TR, 16317-87 GOST talablariga
javob beradi.
Sovutgich belgilarini o’qish:
«M» - «Metallik» ranglar qatori,
«W» - «Jilosiz grat» ranglar qatori,
«B» - «Qora» ranglar qatori,
«I» - «Zanglamas po’lat» ranglar qatori,
«С» - «Kumush rang metalloplast» ranglar qatori,
- «Oq» - ranglar qatori - belgisiz.
Добавить комментарий