
33
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
OʻZBEKCHA
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
• Tok urmasligi uchun tozalashdan oldin jihozni tokdan uzing. Bu ogohlantirishga amal qilinmasa, jiddiy
jarohat, yong‘in, tok urishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
• Hech qachon mashinani tozalash uchun kuchli kimyoviy moddalar, abraziv tozalagich yoki eritgichlardan
foydalanmang. Ular jihoz yuzasiga shikast yetkazishi mumkin.
Har safar yuvishdan keyin
tozalash
Tozalanadigan qismlar
Sikl tugallanishi bilan doim mashina ichidan kirlarni
chiqarib oling. Nam buyumlar mashina ichida
qolsa, g‘ijimlanishi, rangi o‘tishi yoki noxush hid
hosil bo‘lishi mumkin.
• Yuvish sikli tugallangach, eshikni va eshik
zichlagichini artib, namlikni yo‘qoting.
• Barabanni quritish uchun eshigini biroz ochiq
qoldiring.
• Namlikni ketkazish uchun jihozni quruq mato
bilan artib quriting.
• Faqat uyda bolalar qarov ostida
bo‘lganlaridagina jihoz ichini quritish uchun
eshikni ochiq qoldiring.
Jihoz tashqi qismini tozalash
Jihozni to‘g‘ri qarash uning xizmat ko‘rsatish
muddatini uzaytiradi.
Tashqi qismi
• Har qanday sachragan suvni darhol artib oling.
• Qismlar biriktirilgan joylari yoki burchaklarida
namlik qolmaganligiga ishonch hosil qilish
uchun nam latta bilan va keyin quruq latta bilan
arting.
• Displey yuzasini o‘tkir jismlar bilan bosmang.
Eshik
• Jihoz tashqi va ichki qismlarini avval nam mato
bilan, so’ngra quruq yumshoq mato bilan artib
tashlang.
• Hech qaysi panelni ajratish yoki jihozni
qismlarga ajratishga urinmang. Jihozni ishlatish
uchun boshqaruv paneliga o‘tkir buyumlarni
tekkizmang.
Jihozni davriy ravishda
tozalab turish
Barabanni tozalash
Bu bo‘ktirish, yuvish, chayish va siqish orqali
jihozning ichini tozalashga yordam beruvchi
maxsus dasturdir.
To‘planib qolgan kir yuvish kukunlari, mato
yumshatgichlar va boshqa qoldiqlarni kamaytirish
uchun bu funksiyani
oyiga bir marta
(yoki zarur
hollarda tezroq) ishlating.
• Agar jihoz ichida noxush hidlar yoki mog‘or
mavjud bo‘lsa, muntazam ishga tushirish
oraliqlariga qo‘shimcha tarzda bu funksiyani
3
haftada bir marta
ishlating.
• Bu funksiyani ishlatish tavsiya qilinishi haqida
ogohlantirish uchun
tcL
xabari ko‘rsatiladi.
uz_main.book.book Page 33 Friday, August 20, 2021 3:13 PM
Добавить комментарий