
129
O’ZBEK
Biryusa WMD-SM914/05
• Paxta (Хлопок): rejim paxta, zig‘ir yoki alohida parvarishni talab qilmaydigan boshqa
matolardan tikilgan o‘rtacha va juda ios kirlarni (kunlik kiyimlar, choyshablar) yuvish uchun
mo‘ljallangan.
• EKO (ЭКО): past haroratda yuvish. Oq va rangi oqarmaydigan rangli paxta, odatiy ioslangan
sintetik matolarni yuvish uchun. Rejim yuvishning optimal sifatini saqlab, suv va elektr energiyasini
tejash uchun mo‘ljallangan.
Yuvish-
quritish
mashinasi
ishi rejimi
• Sintetika (Синтетика): Ushbu rejim sezgir va sintetik matolardan tayyorlangan buyumlarni,
pardalar va pardasimon matolardan tayyorlangan buyumlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Trikotaj kiyimlarni yuvishda kiyimning shakli buzilmasligi uchun vositani miqdorini kamaytirish
tavsiya etiladi.
• Aralash matolar (Смешанные ткани): mato turi bo‘yicha saralanmagan, odatiy darajada
ioslangan aralash narsalarni yuvish dasturlari.
• Jun (Шерсть): ushbu rejim faqat jun va jun aralashmalarini yuvish uchun mo‘ljallangan,
buning uchun ishlab chiqaruvchi mashinada yuvishga ruxsat beradi. Mahsulot yorlig‘ida ruxsat
etilgan harorat rejimi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish kerak. Jun mahsulotlari uchun
maxsus yuvish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
• Yuvish + Quritish 1 soat (Стирка + сушка 1 час): oz miqdordagi narsalarni past haroratda
yuvish, keyin aylantirish va quritish.
• Quritish (Сушка): bu rejimda faqat kirlarni quritishning to‘liq sikli amalga oshiriladi.
• Adyol (Одеяла): harorat va aylanish tezligi chegaralangan qalin, katta narsalarni (adyol,
ko‘rpa jildi, ustki kiyim) yuvish dasturi. Yuvishdan oldin kiyimlarni barabanga teng ravishda
taqsimlash tavsiya etiladi.
• Bolalar (Детская): bolalar kiyimlarini, tagliklarni va boshqalarni yuqori haroratda intensiv
yuvish. Bolalar kiyimlarini qolganlaridan alohida yuvish tavsiya etiladi.
• Barabanni tozalash (Очистка барабана): bu rejim mashina barabanini maksimal haroratda
ko‘p miqdorda suv bilan tozalash va sterilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu rejim
kiyimlarni yuvish uchun mo‘ljallanmagan. Eng yaxshi natijaga erishish uchun oz miqdorda vosita
qo‘shish tavsiya etiladi.
• Tez 42 daqiqa: (Быстрая 42 мин): 20°C haroratda barcha turdagi matolar, kam darajada
ioslangan kirlarni har kuni yuvish uchun.
• Tez 15 daqiqa (Быстрая 15 мин): Barcha turdagi matolarni sovuq suvda yuvish uchun qisqa
muddatli dastur, yengil kirlangan kirlarni har kuni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Добавить комментарий