
68
O’ZBEK
Biryusa WMD-MX814/15
Kir yuvish-
quritish
mashinasi
funksiyalari
DIQQAT!
• Bolalardan blokirovka qilish: bu funksiya bolalar tomonidan sozlamalarning tasodifan
o‘zgartirilishini oldini olish uchun boshqaruv panelidagi barcha tugmalar va rejim almashtirgichini
bloklashga xizmat qiladi. Funksiyani yoqish uchun yuvish sikli davomida bir vaqtning o‘zida
«Kechiktirilgan start» va «Quritish» tugmalarini tovush signali va «8» indikatori yoqilguniga qadar
kamida 3 soniya bosib turish kerak. Bolalardan blokirovka qilish faollashganda, displeyda «CL»
va yuvish tugashigacha qolgan vaqt aks etadi. Har qanday tugma bosilganda «8» indikatori
miltillay boshlaydi. Yuvish jarayonida funksiyani bekor qilish uchun ko‘rsatilgan tugmalarni yana
kamida 3 soniya bosib turing.
• Tezlik: kerakli bosish tezligini qadam bilan tanlash funksiyasi:
0 - 400 - 600 - 800 - 1000 - 1200 - 1400
• Harorat: kerakli yuvish haroratini qadamma-qadam tanlash funksiyasi:
Sov - 20° - 30° - 40° - 60° - 90°
• Pauza: funksiyadan narsalarni yuvishdan oldin ivitish uchun foydalanish mumkin. Tanlangan
dasturni ishga tushirgandan so‘ng, siz taxminan 10 daqiqa kutishingiz kerak va keyin «Start/
Pauza» tugmasini bosing. Kerakli ivitish vaqti o‘tgandan keyin «Pauza/Start» tugmasini yana
bosing va kir yuvish mashinasi dasturni davom ettiradi. Ivitish kuchli ioslangan narsalarni yuvish
sifatini yaxshilaydi.
• Ovozli signalni o‘chirish: Mashinani ishga tushirgandan so‘ng, signalni o‘chirish uchun
«Tezlik» tugmasini kamida 3 soniya bosib turing. Ovozli signalni qayta tiklash uchun harakatni
takrorlang.
• Yuvish vaqtida kirning qo‘shimcha yuklanishi: funksiya yuvish jarayonida kiyimlarni
barabanga qo‘shimcha yuklash imkonini beradi. Buning uchun yuvish jarayonida «Start/
Pauza» tugmasini 3 soniya davomida bosib turish kerak. Baraban to‘xtagandan va eshik qul
ochilagandan so‘ng, eshikni ochib, kiyimlarni mashinaga solish mumkin. Shundan keyin eshikni
yopib, yuvish jarayonini davom ettirish uchun «Start/Pauza» tugmasini bosish lozim.
Agar barabandagi suv sathi yuqori yoki yuvish harorati juda baland bo‘lsa, bu funksiyadan
foydalanib bo‘lmaydi.
• Kechiktirilgan start (Отложенный старт): dasturni ishga tushirishni kechiktirish funksiyasi.
Kir yuvish sikli boshlanishiga 0 dan 24 soatgacha vaqt beriladi. «Kechiktirilgan start» tugmasi
bosilganda displeyda belgilangan kechiktirish vaqti ko‘rsatiladi.
• Quritish intensivligi: funksiya kir yuvishdan keyin kerakli quritish intensivligini belgilash uchun
ishlatiladi:
- Yuqori intensivlik. Kiyimlarni uzoq vaqt quritish, undan so‘ng narsalarni sikl oxirida darhol
kiyish mumkin.
- Oddiy intensivlik. Oddiy davomiylikdagi quritish rejimi, standart bo‘yicha o‘rnatiladi.
- Vaqt bo‘yicha quritish. Belgilangan vaqt davomida kiyimlarni quritish rejimi. (30, 60, 90,
120,180 daqiqa).
• Bug (Пар ) - bu funksiya yoqilganda, buyumlar yuvish vaqtida bug‘ bilan ishlov beriladi,
bu esa yuvish samaradorligini oshiradi. Funktsiya rejim bilan qo’llanilishi mumkin: Paxta, Aralash
matolari, Bolalar kiyimlari.
Добавить комментарий