
50
O’ZBEK
• Sovutgichni gorizontal holatda tashing! Talablarga amal qilmaslik kompressor
shikastlanishiga olib kelishi mumkin!
• Sovutgichni namligi yuqori bo‘lgan xonalarda (shift, devorlar va xonadagi narsalari
namlik bilan qoplangan), shuningdek, tok o‘tkazuvchan pollari bo‘lgan xonalarda
foydalaning! Sovutgich, birinchi navbatda, elektr jihozidir va uni yuqori namlikda ishlatish
qisqa tutashuv yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin!
• Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulash uchun perexodnik, dvoynik, troynik va
uzaytirgichlardan foydalanish mumkin emas, chunki ular yong‘inga olib kelishi mumkin!
• Sovutgich kompressoriga ish paytida tegish, chunki u ish paytida 90°C haroratgacha
qiziydi!
• Sovutgichga yong‘inga olib kelishi mumkin elektr isitish moslamalarini o‘rnatish!
• Suyuqlik sovutgichning elektr tizimiga tushmasligi uchun sovutgichga suyuqlik
solingan idishlarni joylashtirishdan ehtiyot bo‘lish!
• Sovutgichning konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritish! Bu sovutgichning
shikastlanishiga yoki noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin! Sovutgichning elektr
sxemasining buzilishi qisqa tutashuvga va natijada yong‘inga olib kelishi mumkin!
• Sovutgichni yog‘och qutilarga, stollarga, stullarga va hokazolarga o‘rnatish.
Sovutgich to‘g‘ri ishlashi va Sizga uzoq vaqt xizmat qilishi uchu bir qator cheklovlarga rioya qilish
kerak:
TAQIQLANADI!
XAVFSIZLIK TALABLARI
Sovutgichdan foydalanganda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qiling:
• Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin, rozetkaning xizmatga yaroqliligini va ta`minot simi
va vilkasida shikastlanishlar yo‘qligini tekshiring.
• Ta`minot simi shikastlanganda, elektr toki urishi xavni oldini olish uchun uni ishlab chiqaruvchi
zavodning vakili yoki shunga o‘xshash malakali shaxs almashtirishi kerak.
• Sovutgichning korpusida tok o‘tkazuvchi qismlarning tutashuvi belgilari mavjud bo‘lsa (metall
qismlarga tegganda chimchilash), sovutgichni tarmoqdan uzing va nosozlikni bartaraf etish uchun
mexanikni chaqiring.
• Bir vaqtning o‘zida sovutgichga va tabiiy yerga ulangan qurilmalarga (gaz plitasi, isitish
radiatorlari, suv o‘tkazuvchi quvurlar) tegmang.
• Sovutgichni ichkaridan va tashqaridan tozalash, sovutgich ostidagi pollarni yuvish, nosozliklarni
bartaraf etish paytida uni tarmoqdan uzing.
• Ushbu sovutgich jismoniy, asabiy yoki ruhiy nuqsoni bo‘lgan yoki tajriba va bilimga ega
bo‘lmagan shaxslar (shu jumladan bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallanmagan,
faqat bunday shaxslar ularning xavfsizligi uchun mas`ul shaxs tomonidan nazorat
qilingan yoki ushbu sovutgichdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan hollar bundan
mustasno!
• Bolalarni sovutgich bilan o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni nazorat qilish kerak!
• Sovutish tizimining konturiga zarar yetishiga yo‘l qo‘ymang!
• Sovutish tizimining germetikligi buzilganda xonani havosini yaxshilab yangilang va
ochiq olovni ishlatmang!
• Sovutgich korpusida joylashgan shamollatish teshiklarini to‘sib qo‘ymang!
• Eritish jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan
vositalardan boshqa mexanik qurilmalar yoki boshqa vositalardan foydalanmang!
• Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’lmalari ichidagi elektr jihozlaridan foydalanmang,
agar ular ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan tur bo‘lmasa!
Xavfsizlik
qoidalari
DIQQAT!
Добавить комментарий