
43 / U Z
Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi
3
Ishlashga tayyorlash
2 O’rnatish
• Sovutgich elektr vilkasi osongina ulanishi mumkin bo’lgan holatda o’rnatilishi kerak.
• Ikki simli elektr tarmog’iga ulangan sovutgichni himoya o’chirish moslamasi (HO’M) bilan
birga ishlatish tavsiya etiladi, parametrlari ko’rsatkichlari quyidagicha: nominal kuchlanish
diapazoni - 220 dan 240 V/50 Hz gacha, yoqilish chegarasi - 30 mA dan oshmaydi, nominal.
• yoqilish vaqti – 0,1 s.
• Ishlatishdan oldin kompressor va orqa panel orasidagi transport tirgaklar, shuningdek,
boshqa tirgaklar va yopishqoq tasmalarni olib tashlang.
3.1. Eshikni boshqa tomonga qayta o’rnatish
Eshikning ochilish yo’nalishini o’zgartirish kerak bo’lsa, Beko ning 8-800-120-23-56 ishonch
telefoniga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Eshik mustaqil ravishda yoki uchinchi tomon tashkilotining ishtirokida qayta osilishi sababli
eshikka shikast yetkazilganda ishlab chiqaruvchi javobgar bo’lmaydi.
3.2. Elektr energiyasini tejash bo’yicha tavsiyalar
• Sovutgich eshiklarini uzoq vaqt davomida ochiq tutmang.
• Sovutgichni yopayotganda eshikning sovutgich korpusiga mahkam o’rnashganligiga
ishonch hosil qiling.
• Sovutgichga issiq ovqat yoki ichimliklarni qo’ymang.
• Sovutgichni haddan tashqari to’ldirmang: oziq-ovqat miqdori qancha ko’p bo’lsa, sovutish
uchun shuncha ko’p elektr energiyasi kerak bo’ladi.
• Quvvatni tejash funksiyasini yoqishingiz mumkin (agar sizning modelingizda mavjud
bo’lsa).
• Sovutgich ichidagi javonlar va tortmalarning tartibi va joylashuvi jihozning quvvat sarfiga
ta’sir qilmaydi.
Sovutgichni elektr energiyasini tejaydigan tizimlarga ulash sovutgich
uchun xavfli.
A
Sovutgichni ochish uchun doimo tutqichni ishlating. Eshik
chetidan ochilsa zichlagich uzilishi mumkin.
A
Oziq-ovqatlarni joylashtirishda muzlatgich va muzlatgichda
orqa devor oldida kamida 2 sm bo’sh joy qoldiring.
Sovutgichni ochgib o’rnatgandan so’ng sovutgichni elektr tarmog’iga
ulashdan oldin kamida 4 soat kutib turing - bu sovutgichning to’g’ri ishlashi
uchun kerak.
A
6-rasm.
Sovutgichni yoqing va uni ichiga oziq-ovqat mahsulotlarini yuklamasdan 6
soat davomida qoldiring. Agar zarurat bo’lmasa eshiklarni ochmang.
3.3. Dastlabki foydalanish
Sovutgichi ishlatishdan oldin «Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit muhofazasi» va «O’rnatish»
bo’limlaridagi barcha ko’rsatmalarga rioya qilinganligiga ishonch hosil qiling.
Добавить комментарий