
Quyidagilarni bajaring:
1. Qurilmani elektr tarmog‘idan uzilganligiga ishonch hosil qiling.
2. Muz bilan aloqa qilishdan oldin teriga shikast yetkazmaslik uchun qo‘llaringiz quruq ekanligiga
ishonch hosil qiling (qo‘lqop kiyish tavsiya etiladi).
3. Muzlatilgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarni bo‘limdan olib tashlang, uni konteynerga yoki
sovutgichli sumkaga soling,
harorat past bo‘lishi uchun muzlatilgan bloklar yoki muz bo‘laklarini maxsus paketlarga soling va idish
yoki sovutgichni quruq, salqin xonaga joylashtiring.
4 Qurilmaning pastki qismidagi suv oqish qismining tiqinini (agar mavjud bo‘lsa) chiqaring. Aks
holda, qurilma bo‘linmasining pastki qismidagi erigan suvni shimgich yoki sochiq bilan artib oling.
5. Qurilmaning ichki qismidagi muzni ehtiyotkorlik bilan olib tashlang va uni eritish uchun rakovinaga
qo‘ying.
6. Qurilma bo‘lmasining ichki qismini yaxshilab tozalang, iliq suv bilan chayib tashlang va to‘kilgan
suyuqlik yoki ovqatlarni olib tashlang.
7. Uskunani changni yutish matosi yoki qo‘l sochiq bilan quriting va shamollatish uchun 3-4 daqiqaga
qoldiring.
8. Suv oqish qismi tiqinini joyiga qo‘ying (agar mavjud bo‘lsa).
9. Sovutgich qopqog‘ini yoping, shtepsel vilkasini elektr tarmog‘iga ulang va qurilmani yoqing.
10. Mahsulotlarni muzlatgichga qaytarib qo‘ying.
Oziq-ovqat mahsulotlarini erishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muz eritish jarayonini ikki soatdan ko‘p
bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi kerak, chunki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining haroratining
sezilarli darajada oshishi natijasida uning saqlash muddati qisqarishi mumkin.
MUNTAZAM TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
Uskunaga har texnik xizmat ko‘rsatish yoki tozalashdan oldin uning elektr tarmog‘idan uzilganligiga
ishonch hosil qiling. Agar qurilmadan uzoq vaqt davomida foydalanilmasa, yoqimsiz hid paydo
bo‘lishining oldini olish uchun qopqog‘ini ochiq holda saqlang.
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
1. Eshik qiyin ochilyabdimi?
Eshik yopilgandan so‘ng, keyingi bir necha daqiqada ochish qiyin bo‘lishi mumkin. Bu tabiiy hodisa
va eshik zichlagichlari to‘g‘ri ishlayotganligini ko‘rsatadi. Bir necha daqiqa kuting va siz eshikni osonroq
ochishingiz mumkin.
2. Uskuna ishlamaydi/sovutmaydi.
• Quvvat manbaidan o‘chirib qo‘yilmaganiga ishonch hosil qiling.
• Elektr shtepsel shikastlanmaganligiga va rozetkaga mahkam o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
3. Uskuna ishlayapti moxo/(7) indikatori yonib turdibdi
• Uskananing qopqog‘i mahkam yopilganiga ishonch hosil qiling.
• Uskunaning ichki devorlarida muz qatlami ko‘p emasligini tekshiring.
• Uskunaga quyosh nuri tushmasligi yoki issiqlik manbalari ta'sir qilmasligiga ishonch hosil qiling.
• Uskunaga ko‘p miqdorda issiq ovqat qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qiling.
• Klimat klassi uskunaning orqa tomonidagi texnik tavsif ko‘rsatmasida berilgan. Bu atrof-muhitda
uskuna mos ravishda ishlaydigan harorat darajasidir.
4. Uskuna g‘alati tovushlar chiqaradi.
Ishlayotgan kompressor motori va sovutish konturida aylanadigan xladagent, o‘ziga hos bo‘lgan
tovushlarni chiqaradi. Bu tabiiy hodisa.
5. Uskunaning tashqi devorlarida kondensat hosil bo‘ladi.
Muayyan atmosfera sharoitlarida uskunaning tashqi devorlarida kondensat paydo bo‘lishi mumkin. Bu
tabiiy hodisa va qurilmaning ishlashiga hech qanday ta'sir qilmaydi.
buyumlardan foydalanmang.
Qurilmaning ichki qismidagi muzni olib tashlash uchun plastik yoki yog‘och o‘tkir qirralari bo‘lmagan
qirg‘ichdan foydalaning. Temir qirg‘ichdan foydalanmang.
Добавить комментарий