
UZ
25
Tavsif
Bu sxema siz xarid qilgan muzlatgichdan ozgina farq qilishi mumkin.
ʻ
Sovutkichni joylashtirish uchun eng yaxshi joyni tanlang: quyosh nuri tushmaydigan, pol tekis joy. Sovutkich eshigini oson va qulay ochish
mumkin boʻlgan joyni tanlang.
Sovutkich tekis va qattiq yuzada joylashtirilishi lozim. Agar sovutgich beqaror, notekis yuzaga joylashtirilgan bo’lsa, ichki sovutish tizimi
ishlamay qolishi mumkin. Agar sovutkich notekis yuzaga joylashtirilsa, taglik sifatida mustahkam va olovga chidamli materiallardan foydalanilishi
kerak. Agar sovutkich biroz nobarqaror boʻlsa, siz sovutkichning rostlanadigan oyoqchalarini soat strelkasi yoʻnalishida boʻyicha yoki teskari
yoʻnalishda aylantirgan holda uni uzaytirishingiz yoki qisqartirishingiz mumkin.
Oʻralgan sovutkich nisbiy namligi 80% dan ortiq boʻlmagan sharoitda, tabiiy shamollatishga ega boʻlgan yopiq xonalarda vertikal holatda
saqlanishi lozim.
Uzoq muddatga elektr tarmogʻidan uzilgan sovutkich ichidan barcha mahsulotlarni chiqarib tashlab, muzlatish kamerasini muzdan
tushirish va kameralarni tozalash kerak. Tozalangandan keyin, kameralarda noxush hid paydo boʻlishini oldini olish uchun, sovutkichning
eshiklarini biroz ochiq qoldirish kerak
Sovutkichni vertikal holatda istalgan turdagi usti yopiq transportda, sovutkichni har qanday ehtimoliy zarblar, surilib ketish va agʻdarilib
tushishning yuzaga kelishini oldini olgan holda ishonchli tarzda mahkamlab tashish mumkin.
Sotish shartlari mamlakatning mahalliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻramini, penoplastli asosni va yopishqoq lentani, mahkamlovchi aksessuarlarni olib tashlang. Ilova qilingan hujjatlar va aksessuarlarni
tekshiring. Komplektatsiyada tafovut boʻlsa, xarid qilingandan keyin 14 kun ichida magazinga murojaat qiling. Sovutkichni tegishli joyga
surib joylashtiring – «Joylashtirish oʻrni» boʻlimiga qarang. Foydalanishdan oldin korpusni tozalash tavsiya qilinadi. Sovutkichga oziq-ovqat
mahsulotlarni joylashtirishdan oldin uning tashqi va ichki qismlarini namlangan yumshoq mato bilan tozalang. Uskunani tekis joylashtirib,
tozalagandan soʻng, uni yoqishdan oldin normal holatda ishlashini ta’minlash uchun, sovutkichni yoqilmagan holatda kamida 6 soatga qoldiring.
Sovutkich elektr ta’minot tarmogʻiga ulangandan soʻng sovutish va muzlatish kameralarii avtomatik tarzda mos ravishda 5 °C va -18 °C
haroratga oʻrnatiladi. MyZone boʻlmasi sovutish qurilmasi rejimida ishlaydi. Rejimni qoʻlda sozlash: «haroratni sozlash» tugmasini bosib
haroratni oʻrnatish mumkin (ushbu qoʻllanmaning «Funksiyalari» boʻlimiga qarang). Sovutkich ma’lum bir muddat ishlagandan soʻng va
sovutkich boʻlmasi yetarli darajada sovugandan keyin unga mahsulotlarni joylashtiring.
Displey ekrani ma’lum bir operatsiya
tugagandan soʻng avtomatik ravishda 30
soniyadan keyin oʻchadi va blok holatiga tushadi (H
indikatori yonadi). U sovutkich eshigi ochilganida
yoki har qanday tugma bosilganda ham yonadi
(Ogohlantirish signalida displey ekrani yonmaydi).
Bloklash funksiyasi: A4 tugmasini bosing va 3
soniya davomida H indikatori yongunga qadar
ushlab turing, displey ekrani bloklanadi. Blokdan
chiqarish funksiyasi: A4 tugmasini bosing va 3
soniya davomida H indikatori oʻchgunga qadar
ushlab turing, displey ekrani blokdan chiqariladi.
Displey ekrani ma’lum bir operatsiya
tugagandan soʻng avtomatik ravishda 30 soniyadan
keyin oʻchadi va blok holatiga tushadi (F indikatori
yonadi). Har qanday tugma bosilganda u yonadi. i
(Ogohlantirish signalida displey ekrani yonmaydi).
Bloklash funksiyasi: A4 tugmasini bosing va 3
soniya davomida F indikatori yongunga qadar
ushlab turing, displey ekrani bloklanadi. Blokdan
chiqarish funksiyasi: A4 tugmasini bosing va 3
soniya davomida H indikatori oʻchgunga qadar
ushlab turing, displey ekrani blokdan chiqariladi.
* A2F635*/A2F637*/*C2F636*/C2F637*/C2F737*/A2F737*
*C2F536*/C2F537*
*C2F636*/C2F637*/C2F737*/C2F536*/C2F537*
*А2F635*/A2F637*/A2F737*
1) Polka
2)T.ABT
3) Проволочный держатель для вин
4) Buklama polka
5) Quti qopqog’i 0°C
6) Quti 0°C
7) Meva-sabzavotlar uchun quticha
qopqog’i
8)Meva-sabzavotlar uchun quticha
9) Yuqori butilka tutqich
10) Tuxum tutqich
11) To’siqli katta butilka tutqich
12) Ko’p funktsionalli butilka tutqich
14) Polka
15) Buklama polka
16) Meva-sabzavotlar uchun quticha
qopqog’i
17) Meva-sabzavotlar uchun quticha
18) Yuqori butilka tutqich
19) Tuxum tutqich
20) To’siqli katta butilka tutqich
21) Ko’p funktsionalli butilka tutqich
13)Muzlatish
kamerasi qutichalari
22)Muzlatish
kamerasi qutichalari
Добавить комментарий