
113
O’ZBEK
Biryusa WM-SL1014/15, WM-SL814/15
• Paxta (Хлопок): Bu rejim paxta, zig‘ir yoki boshqa parvarish qilish oson bo‘lgan matolardan
tikilgan o‘rtacha va kuchli darajada ioslangan kirlarni (kundalik kiyimlar, yotoqxona choyshablari)
yuvish uchun mo‘ljallangan.
• EKO (ЭКО): past haroratda yuvish. Oq va rangi oqarmaydigan rangli paxta, odatiy ioslangan
sintetik matolarni yuvish uchun. Rejim yuvishning optimal sifatini saqlab, suv va elektr energiyasini
tejash uchun mo‘ljallangan.
Kir yuvish
mashinasining
ish rejimlari
• Sintetik (Синтетика): ushbu rejim sezgir va sintetik matolardan tayyorlangan buyumlarni,
pardalar va pardasimon matolardan tayyorlangan buyumlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Trikotaj kiyimlarni yuvishda kiyimning shakli buzilmasligi uchun vositani miqdorini kamaytirish
tavsiya etiladi.
• Aralash matolar (Смешанные ткани): mato turi bo‘yicha saralanmagan, oddiy ioslangan
aralash narsalarni yuvish uchun.
• Jun (Шерсть): ushbu rejim faqat jun va jun aralashmalarini yuvish uchun mo‘ljallangan,
buning uchun ishlab chiqaruvchi mashinada yuvishga ruxsat beradi. Mahsulot yorlig‘ida ruxsat
etilgan harorat rejimi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish kerak. Jun mahsulotlari uchun
maxsus yuvish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
• Adyol (Одеяла): harorat va aylanish tezligi chegaralangan qalin, katta narsalarni (adyol,
ko‘rpa jildi, ustki kiyim) yuvish dasturi. Yuvishdan oldin kiyimlarni barabanga teng ravishda
taqsimlash tavsiya etiladi.
• Bolalar (Детская): bolalar kiyimlarini, tagliklarini va boshqalarni qo‘shimcha bug‘ bilan ishlov
berish bilan yuqori haroratda intensiv yuvish. Bolalar kiyimlarini qolganlaridan alohida yuvish
tavsiya etiladi.
• Tez 42 daqiqa (Быстрая 42 мин): 20°C haroratda barcha turdagi matolar, kam darajada
ioslangan kirlarni har kuni yuvish uchun.
• Tez 15 daqiqa (Быстрая 15 мин): Barcha turdagi matolarni sovuq suvda yuvish uchun qisqa
muddatli dastur, yengil kirlangan kirlarni har kuni yuvish uchun mo‘ljallangan.
• Nozik (Деликатная): ushbu rejim o‘ta sezgir matolardan tikilgan narsalarni yumshoq yuvish
uchun tavsiya etiladi.
• Sport (Спортивная): sport kiyimlari va poyabzallarni past haroratda yuvish uchun. Sport
poyabzallarini yuvishda bir vaqtning o‘zida ikki juftdan ortiq poyabzalni yuvish tavsiya etilmaydi.
• Bug‘da yuvish (Стирка с паром ): qo‘shimcha bug‘ bilan intensiv yuvish. Rejim nozik
teriga ega bo‘lgan odamlar kiyimlari kabi maxsus parvarish talab qiladigan o‘rtacha va kuchli
ioslangan kirlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Добавить комментарий