Бирюса 111

Данная инструкция на русском языке предназначена для холодильника Бирюса 111, описывает принцип работы и основные моменты эксплуатации устройства. Перед первым включением рекомендуется внимательно изучить данное руководство.

Инструкция для холодильника представлена в формате PDF, который поддерживается на всех современных устройствах, так что сложностей с открытием файла возникнуть не должно. Но если открыть документ не получается, установите любую программу для чтения PDF файлов, например Acrobat Reader.

Чтобы распечатать инструкцию, нужно ее сначала скачать, для этого кликните по кнопке «Скачать инструкцию», файл откроется в новой вкладке, затем нажмите комбинацию клавиш Сtrl + P и из открывшегося диалогового окна, отправьте документ на печать.

Страницы: Стр:
3130
O’ZBEK
MAHSULOTLARNI SAQLASH VA MUZLATISH BO’YICHA TAVSIYALAR
Qavatma-qavat sovuqlik. Yangi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’limida yuqori tokchadan meva
idishlariga bir tekisda tushuvchisaqlash uchun 0 dan 8 oC gacha optimal harorat ushlab turiladi.
Sovitkichdagi eng past harorat – mevalar va sabzavotlar eng yaxshi holatda saqlanadigan idishlar
usti, sovuq kamroq joy – eshikning yuqori tokchasida.
- minus 12°C dan yuqori boʻlmagan haroratda mahsulotlarni saqlash uchun boʻlma.
- oziq-ovqat mahsulotlarini atrof-muhit haroratidan minus 18 oC gacha muzlatish
va muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini minus 18 oC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlash
uchun bo’linma.
“Muzlatish” rejimi Isteʼmolchi yangi mahsulotlarni joylashtirishdan 24 soat oldin yoqadi.
Bryusa 14 modelida katta hajmdagi (9-12 kg) issiq mahsulotlarni muzlatish uchun muzlatish
kamerasidan yuqori idishni chiqarib oling. Mahsulotlarni oʻrang, qismlarga boʻling va bugʻlatkichning
yuqori tokchasi yuzasiga bir tekis qilib joylashtiring. Mahsulotlar toʻliq muzlaganidan soʻng, ularni
idishga soling va idishni joyiga qoʻying.
“Muzlatish” rejimi oziq-ovqat mahsulotlarini tezroq muzlatish uchun kerak bo’ladi.
Sovutgich ichidagi haroratga o’rnatilgan joy, atrof-muhit harorati va eshikni ochish chastotasi
ta`sir qilishi mumkin.
Muzlatish uchun mo’ljallangan mahsulotlarni joylashdan oldin qismlarga bo’linib, qadoqda iloji
boricha kamroq havo qoladigan qilib mahkam o’rab oling.
Uzoq muddatli saqlash uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli muzlatish uchun
ularni muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’limiga muzlatish quvvatidan oshmaydigan
qismlarda joylashtirish kerak. Muzlatishning davomiyligi qadoqlash, qadoq, joylashtirish usuli,
mahsulot turiga bog’liq. Muzlatish quvvati texnik ma’lumotlar jadvalida keltirilgan.
O’ziga xos hidga ega yoki hidni osongina singdiradigan mahsulotlarni qadoqlangan holda,
suyuqliklarni - faqat yopiq holda saqlang.
Iliq mahsulotlarni muzlatilgan mahsulotlar yoniga qo’ymang.
Gazlangan ichimliklarni muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’linmasiga joylamang.
Bugʻlatkichda qor qoplami tez toʻplanib qolishini oldini olmoqchi boʻlsangiz, muzlatish
kamerasiga xona haroratigacha sovitilgan mahsulotlarni joylashtiring. Muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash bo’linmasining eshigini keraksiz ochmang yoki uni uzoq vaqt ochiq holda
ushlab turmang.
Plyus 16°C dan past haroratli binoda sovitkichni uzoq vaqtga joylashtirishda, u barqaror
ishlamasligi mumkin (mahsulotlar erishi yoki muzlatish boʻlmasida harorat oshishi ehtimoli bor).
Muzdan tushirish jarayonida muzlatilgan mahsulotlar haroratining har qanday ko’tarilishi
bunday mahsulotlarning saqlash muddatini qisqartiradi.
Kondensatorda to’plangan chang normal ishlashga to’sqinlik qiladi va elektr energiyasi
saranishining ko’payishiga olib keladi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan (yiliga bir marta) tukli
cho’tka yoki changyutgich yordamida kondensatorni changdan tozalash kerak.
Agar sovutgich vaqtincha o’chirilgan bo’lsa yoki uzoq vaqt davomida foydalanishdan chiqarilgan
bo’lsa, qurilmani bo’shatish, tozalash, quritish va eshiklarni biroz ochiq qoldirish kerak.
Do’kondan sotib olingan tayyor muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarida ko’rsatilgan
saqlash muddatiga rioya qilishni tavsiya etamiz. Mustaqil ravishda muzlatilgan mahsulotlarni
saqlashda quyida berilgan jadvalga amal qiling.
YODDA
TUTING!
Yangi
mahsulotlarni
saqlash
Muzlatilgan
mahsulotlarni
saqlash
Muzlatilgan
mahsulotlarning
saqlash
muddati
Mahsulotlarni
muzlatish
Qoʻshimcha
maslahatlar
MAʼLUMOT
UCHUN!
Страницы: Стр: 32
Комментарии (0)

Добавить комментарий

Другие Холодильники Бирюса