Beko B5RCNK4037ZW

Данная инструкция на русском языке предназначена для холодильника Beko B5RCNK4037ZW, описывает принцип работы и основные моменты эксплуатации устройства. Перед первым включением рекомендуется внимательно изучить данное руководство.

Инструкция для холодильника представлена в формате PDF, который поддерживается на всех современных устройствах, так что сложностей с открытием файла возникнуть не должно. Но если открыть документ не получается, установите любую программу для чтения PDF файлов, например Acrobat Reader.

Чтобы распечатать инструкцию, нужно ее сначала скачать, для этого кликните по кнопке «Скачать инструкцию», файл откроется в новой вкладке, затем нажмите комбинацию клавиш Сtrl + P и из открывшегося диалогового окна, отправьте документ на печать.

Страницы: Стр:
40 / U Z
Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi
1 Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit muhofazasi
Mazkur bo’limda jarohatlanish va moddiy zararning oldini olish uchun zarur bo’lgan xavfsizlik
ko’rsatmalari keltirilgan. Ushbu ko’rsatmalarga amal qilmaslik mahsulotga nisbatan har qanday
kafolatlarni bekor qiladi.
Belgilangan maqsadi
Ushbu muzlatgich maishiy foydalanish uchun mo’ljallangan. Bu tijorat yoki sanoat maqsadlarida
foydalanish uchun mo’ljallanmagan.
Sovutgich faqat oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni saqlash uchun mo’ljallangan. Sovutgichda
haroratni nazorat qilishni talab qiladigan maxsus mahsulotlarni (emlashlar, harorat o’zgarishiga
sezgir dorilar, tibbiy buyumlar va boshqalar) saqlashga yo’l qo’yilmaydi.
Sovutgichni notog’ri ishlatilishi yoki noto’g’ri ishlatilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ishlab
chiqaruvchi javobgar bolmaydi.
1.1. Umumiy xavfsizlik choralari
Jismoniy, ruhiy, aqliy qobiliyati cheklangan yoki tegishli tajriba va bilimga ega bo’lmagan shaxslar
va bolalar ushbu sovutgichdan ularning xavfsizligi uchun mas’ul shaxsning nazorati ostida yoki
ko’rsatmalariga muvofiq foydalanishlariga ruxsat etiladi. Bolalarga sovutgich bilan o’ynashga
ruxsat berilmaydi
Tozalash va ta’mirlash uchun sovutgich quvvat manbaidan uzilishi kerak.
Agar siz sovutgichni ma’lum vaqt davomida ishlatishni rejalashtirmasangiz, uni elektr manbaidan
uzing, ichidagi barcha narsalarni olib tashlang, muzdan tushiring, sovutgish va muzlatish
kamerasini quritib arting. Sovutgich eshiklarini ochiq qoldiring.
Sovutgichni elektr tarmog’idan uzish uchun simni tortmang, balki vilkasidan ushlab uzing.
Elektr manbaiga ulanishdan oldin, vilkasidan ushlab kontaktlarini quruq mato bilan artib oling.
Sovutgichni nosoz rozetkaga ulashga yo’l qo’yilmaydi.
Sovutgichni ishlatishdan oldin «O’rnatish» bo’limida keltirilgan barcha kerakli amallarni bajaring,
elektr ta’minotini ulash qoidalariga rioya qiling («Elektr ta’minotiga ulash» bolimiga qarang).
Sovutgich ishlamay qolganda uni ishlatmang, chunki bu elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin. «Nosozliklarni bartaraf etish» bo’limidagi ko’rsatmalarga amal qilganingizdan keyin
muammo bartaraf etilmasa, Beko ning 8-800-120-23-56 raqamli ishonch telefoniga qo’ng’iroq
qiling.
Sovutgich himoya simi vositasida yerga ulangan rozetkaga ulanishi lozim. Himoya simi orqali yerga
ulash ishlarini malakali elektr mutaxassisi bajarishi lozim.
Agar sovutgich yoritgich diodlari bilan jihozlangan bolsa, uni almashtirish uchun yoki biron bir
nosozlik yuzaga kelsa, vakolatli xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qilishingiz kerak.
Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nam qo’llar bilan tegmang. Ular qo’llaringizga yopishib
qolishi mumkin.
Muzlatish kamerasiga shisha yoki temir idishlardagi suyuqliklarni solmang. Ular
deformatsiyalanishi va tarkibidagi narsalarga yoki sovutgichga zarar yetkazishi mumkin!
Suyuqlik bor idishlar qopqog’i mahkam yopilib tik holatda joylashtirilishi kerak.
Sovutgich yonida yonuvchan moddalarni purkamang
Sovutgichda yonuvchan moddalar va aerozolli qadoqdagi mahsulotlarni saqlamang va h.k.
Sovutgich ustiga ochiq idishlardagi suyuqliklarni qo’ymang. Quvvat ostidagi qismlarga suv
Tozalash uchun sovutgichga suvni purkamang yoki quymang. Xavfli! Elektr toki
urishi xavfi mavjud.
Sovutgichni tozalash uchun bug’ ishlatmang Xavfli! Elektr toki urishi xavfi
mavjud.
B
Orqa devordagi boshqaruv panelining qopqog’i ochiq
bo’lsa, sovutgichdan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
1-rasm.
Страницы: Стр: 40
Комментарии (0)

Добавить комментарий

Другие Холодильники Beko