
44 / U Z Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi
5 Texnik xizmat ko’rsatish va tozalash
qaytadan muzlashi mumkin. Muzlagan tomchilarni pichoq yoki vilka kabi o’tkir yoki keskin buyumlar
bilan olib tashlamang. Agar siz qandaydir muddatda erigan suvning ko’ndalang novdan (sovutgich
kamerasidan erib tushgan suv novi) oqmayotganigini aniqlasangiz, drenaj naychasi mahsulot
zarralarining tushishi natijasida tiqilib qolmaganligini tekshirib ko’ring.
Drenaj naychasini maxsus cho’tka, rezina shlang yoki boshqa biron-bir moslama yordamida toza-
lash mumkin, bundan keyin drenaj quvurini tozalash va bir stakan iliq suv quyib suv o’qishini tekshirib
ko’rish tavsiya etiladi.
Suvning elektr qismlariga yoki polga tushishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida drenaj naychasining oxiri
qismi kompressordagi suv to’plash noviga joylanganiga ishonch hosil qiling.
b) Muzlatish kamerasini muzdan tushirish
Kamerani yiliga ikki marotaba yoki 7 mm qalinlikda muz qatlami hosil bo’lganida muzdan tushiring.
Muzdan tushirishni boshlash uchun sovutgichni tarmoqdan ajrating, shtepselni rozetkadan chiqarib
oling. Barcha mahsulotlarni bir necha qatlam qog’ozga o’rab, salqin joyda (masalan, sovutgich yoki
ombor) saqlash lozim. Muzdan tushishni tezlashtirish uchun ehtiyotkorlik bilan muzlatish kamerasiga
iliq suv solingan idish qo’yishingiz mumkin.
Qirovni ketkazish uchun pichoq yoki vilka kabi o’tkir yoki keskir buyumlardan foydalanmang.
Muzdan tushirish uchun hech qachon soch quritgich, elektr isitgich yoki boshqa shunga o’xshash
elektr asboblardan foydalanmang. Muzlatish kamerasi ichidagi plastik devorlarga zarar yetkazishingiz
mumkin. Muzlatish kamerasining pastki qismida to’plangan erigan suvni gubka yoki latta bilan artib
oling. Muzdan tushirish to‘liq yakunlanganidan keyin muzlatish kamerasining ichki yuzasini quruq qilib
arting. Aksessuarlarni joyiga o’rnating. Shundan so’ng shtepsel vilkasini rozetkaga ulab, sovutgichni
yoqing.
Добавить комментарий