
47 / U Z
Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi
5 Texnik xizmat ko’rsatish va tozalash 5 Texnik xizmat ko’rsatish va tozalash
5.3. Muzdan tishirish
a) Sovitish kamerasini muzdan tushirish
Sovitish bo‘lmasi avtomatik ravishda muzdan tushadi. Erigan suv sovutgichning orqa
qismidagi erigan suv novi orqali drenaj trubasiga oqadi.
Texnik xizmat ko’rsatish
Muzlatish vaqtida sovitish kamerasining orqa devorida suv tomchilari to’planishi mumkin,
bu yerda yashirin bug’lantirgich joylashtirilgan. Ular bug’lantirgich devorida qolishi va
muzlash boshlanganida qaytadan muzlashi mumkin. Muzlagan tomchilarni pichoq yoki
vilka kabi o’tkir yoki keskin buyumlar bilan olib tashlamang. Agar siz qandaydir muddatda
erigan suvning ko’ndalang novdan (sovutgich kamerasidan erib tushgan suv novi)
oqmayotganigini aniqlasangiz, drenaj naychasi mahsulot zarralarining tushishi natijasida
tiqilib qolmaganligini tekshirib ko’ring.
Drenaj naychasini maxsus cho’tka, rezina shlang yoki boshqa biron-bir moslama yordamida
tozalash mumkin, bundan keyin drenaj quvurini tozalash va bir stakan iliq suv quyib suv
o’qishini tekshirib ko’rish tavsiya etiladi.
Suvning elektr qismlariga yoki polga tushishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida drenaj
naychasining oxiri qismi kompressordagi suv to’plash noviga joylanganiga ishonch hosil
qiling.
b) Muzlatish kamerasini muzdan tushirish
Kamerani yiliga ikki marotaba yoki 7 mm qalinlikda muz qatlami hosil bo’lganida muzdan
tushiring. Muzdan tushirishni boshlash uchun sovutgichni tarmoqdan ajrating, shtepselni
rozetkadan chiqarib oling. Barcha mahsulotlarni bir necha qatlam qog’ozga o’rab, salqin
joyda (masalan, sovutgich yoki ombor) saqlash lozim. Muzdan tushishni tezlashtirish
uchun ehtiyotkorlik bilan muzlatish kamerasiga iliq suv solingan idish qo’yishingiz mumkin.
Qirovni ketkazish uchun pichoq yoki vilka kabi o’tkir yoki keskir buyumlardan foydalanmang.
Muzdan tushirish uchun hech qachon soch quritgich, elektr isitgich yoki boshqa shunga
o’xshash elektr asboblardan foydalanmang. Muzlatish kamerasi ichidagi plastik devorlarga
zarar yetkazishingiz mumkin. Muzlatish kamerasining pastki qismida to’plangan erigan
suvni gubka yoki latta bilan artib oling. Muzdan tushirish to‘liq yakunlanganidan keyin
muzlatish kamerasining ichki yuzasini quruq qilib arting. Aksessuarlarni joyiga o’rnating.
Shundan so’ng shtepsel vilkasini rozetkaga ulab, sovutgichni yoqing.
Добавить комментарий