
40 / U Z Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi
1 Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit muhofazasi
(maydonlarga) olib boring. Qadoq chiqindilar turi va guruhlari, bir hil chiqindilar (alohida
yig’ish) bo’yicha alohida saqlanishi kerak. Masalan, qadoqlash plyonkasi plastik chiqindilarni
yig’ish uchun mo’ljallangan yoki qayta ishlanishi mumkin bo’lgan chiqindilarni yig’ish
uchun mo’ljallangan konteynerga solish kerak va hokazo. Chiqindilarni vaqtinchalik yig’ish
joylariga (shu jumladan, konteynerlarni belgilash turlari) nisbatan aniq talablarni mintaqaviy
hujjatlarda topish mumkin.
CAlohida yig’ish joylari haqida ma’lumot olish uchun mahalliy hokimiyat or-
ganlari bilan bog’laning.
2 O’rnatish
2.1. O’rnatish uchun joy
1. Ishlab chiqaruvchi sizga «beko» mahsulotini o’rnatish va ulashni «beko» xizmat ko’rsatish
markazining mutaxassislariga ishonib topshirishingizni tavsiya qiladi. Shuningdek,
bunday xizmatlarni ko’rsatish uchun sertifikatlangan boshqa har qanday tashkilot bilan
bog’lanishingiz mumkin.
2. Mahsulotni o’rnatish va ulash uchun to’lov xizmat ko’rsatish markazining narxlari
ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Ornatish va ulash uchun to’lov shartlari amaldagi
qonunlar bilan tartibga solinadi. O’rnatish va ulash natijasida fuqarolarning mol-mulkiga
foydalanish yo’riqnomasida ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan va/yoki vakolati
bo’lmagan shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar uchun ishlab chiqaruvchi javobgarlikni o’z
zimmasiga olmaydi.
3. Ishlab chiqaruvchining o’rnatish va ulash bo’yicha talablari buzilgan taqdirda, ushbu
ishlarni bajargan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgardir.
3-rasm.
A
A
Добавить комментарий