
Sozlamalar 129
Zahiraviy nusxa olish
Qurilmangizda saqlanayotgan ma’lumotlardan boshqa qurilma yoki hisob
qaydnomnasiga zaxira nusxa olishingiz mumkin.
1 Sozlamalar ekranida Umumiiy ma’lumot Zahiraviy nusxalashni bosing.
2 Quyidagi sozlamalarni moslashtiring:
• LG Mobile Switch: Sizga ma’lumotlaringizni eski LG qurilmangizdan yangi
LG qurilmangizga o‘tkazish imkonini beradi. Tafsilotlar uchun
LG Mobile
Switch
’ga qarang.
• Zahiraviy nusxa olish va tiklash: Qurilmangizdagi ma’lumotlardan zaxira
nusxa oling yoki ma’lumotlarni zaxira nusxadan qurilmangizga tiklang.
• Qurilmani qayta o‘rnatish xotiraga saqlangan zahiraviy nusxalash fayllarini
o‘chirishi mumkin. Muhim zahiraviy nusxalash fayllarini albatta kompyuteringizga
nusxalab va saqlab qo‘ying.
• Google zahiraviy nusxasi: Google Drive zahiraviy nusxalash sozlamarini
o‘zgartiring. Siz hozirda foydalanilayotgan zahiraviy nusxalash hisob
qaydnomasini tekshirishingiz yoki yangi zahiraviy nusxalash hisob
qaydnomasini qo‘shishingiz ham mumkin.
Qayta ishga tushirish va qayta o‘rnatish
Qurilmani, jumladan tarmoq va ilovalar sozlamalarini qayta ishga tushirishingiz va
qayta o‘rnatishingiz mumkin.
1 Sozlamalar ekranida Umumiy Qayta ishga tushirish va qayta o‘rnatishni
bosing.
2 Quyidagi sozlamalarni moslashtiring:
• Avtomatik qayta ishga tushirish: O‘rnatilgan vaqtda telefonni qayta ishga
tushiring va optimallashtiring.
• Tarmoq sozlamalarini birlamchi holatga qaytarish: Wi-Fi, Bluetooth va
boshqa tarmoq sozlamalarini birlamchi holatga qaytaring.
• Ilova afzalliklarini qayta o‘rnatish: Ilova uchun sozlamalarni qayta o‘rnating.
Ilovaga saqlangan ma’lumotlar o‘chirilmaydi.
• Zavodda o‘rnatilgan ma’lumotlarni qayta o‘rnatish: Barcha sozlamalarni
birlamchi holatga qaytaring va ma’lumotlarni o‘chiring.
Добавить комментарий