
Sozlamalar 119
Displey
Har bir ekran turi uchun batafsil sozlamalarni sozlashingiz mumkin.
Sozlamalar ekranidagi Displey tugmasini bosing va quyidagi sozlamalarni o‘zingizga
moslashtiring:
• Bosh ekran: Bosh ekran sozlamalarini o‘zingizga moslashtiring. Tafsilotlar uchun
Bosh ekran sozlamalari
’ga qarang.
• Gulqog‘oz va mavzu: Qurilmangiz uchun gulqog‘oz, mavzu, ikonka tanlang.
• Shrift: Shrift o‘lchami, quyuqlik yoki yuzni o‘zgartiring.
• Bosh ekran sensorli tugmalari: Bosh ekranning sensorli tugmalari joyini
almashtiring yoki ularning fon ranglarini o‘zgartiring.
• Ilovani masshtablash: Ilovalarning ekran o‘lchamini sozlang.
Tomonlar nisbati
• Bu qurilma 18:9 ga teng tomonlar nisbatidan foydalanadi.
- Ayrim yuklab olingan ilovalar 18:9 ga teng tomonlar nisbatini qo‘llab-
quvvatlamasligi mumkin.
Bunday hollarda ilova uchun eng optimal bo‘lgan ekran koeffitsiyentini tanlang
yoki batafsil ma’lumotlar olish uchun ilova provayderi bilan maslahatlashing.
- Sozlamalar Displey Ilovani masshtablash’ga tegish orqali alohida
ilovalar uchun tomonlar nisbatini tanlashingiz mumkin. Kerakli tomonlar
nisbatini tanlang.
• Displey o‘lchami: Ekrandagi narsalar o‘lchamini ko‘rishingiz oson bo‘ladigan qilib
o‘rnating. Ayrim elementlar joyini o‘zgartirishi mumkin.
• Qulay ko‘rinish: Qurilmani ko‘zning zo‘riqishini kamaytirish uchun ko‘k rang
miqdorini kamaytiradigan tarzda o‘rnating.
• Yorqinlik: Quqilma ekrani yorqinligini o‘zgartirish uchun yo‘naltiruvchi paneldan
foydalaning. Ekran yorqinligini avtomatik ravishda atrofdagi yorug‘likka
moslashtirish uchun Avto almastirgichni bosing.
• Avto: Qurilmani ekran yorqinligi avtomatik ravishda atrofdagi yorug‘likka
moslashadigan qilib sozlang.
• Avtomatik aylanuvchi ekran: Qurilmaning turishiga qarab ekranni avtomatik
tarzda aylantiring.
• Ekran taymauti: Qurilma ma‘lum vaqt kutish rejimida qolganda ekran avtomatik
tarzda o‘chib qoladi.
Добавить комментарий