
Asosiy funksiyalar 39
• Qurilma yoki zaryadlash qurilmasi xo‘l bo‘lgan yoki tarkibida namlik bo‘lgan
hollarda zaryadlamang. Bu yong‘in chiqishi, elektr toki urishi, jarohatlanish yoki
qurilmaning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmangiz bilan kelgan USB kabelidan foydalaning.
• LG tomonidan ma’qullangan zaryadlovchi qurilma va zaryadlovchi kabeldan
foydalaning. Batareyani begona zaryadlovchi qurilmasidan foydalanish
batareyaning portlashiga yoki qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Bu qurilmada olinmaydigan batareya bor. Orqa qopqoqni olib tashlamang.
• Qurilmadan zaryadlanayotgan paytda elektr zarbasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilmadan foydalanish uchun uni zaryadlanishdan to‘xtating.
• Qurilma to‘liq zaryadlangandan so‘ng zaryadlovchi qurilmani rozetkadan ajrating.
Bu zaruratsiz elektr toki iste’molining oldini oladi.
• Tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlovchi zaryadlash adapteri qurilma bilan birga
beriladi.
• Agar mahsulot bilan birga berilgan asl adapterdan boshqa tezkor zaryadlash
adapteridan foydalanilsa, tezkor zaryadlash xususiyati ishlamasligi mumkin.
• Batareyani zaryadlashning boshqa usuli bu USB kabelini qurilma bilan kompyuter
yoki noutbukka ulash orqali zaryadlashdir. Bu adapterni rozetkaga ulashga
qaraganda uzoqroq vaqtni olishi mumkin.
• Batareyani nominal kuchlanishni ushlab tura olmaydigan USB xabidan foydalanib
zaryadlamang. Zaryadlash mumkin bo‘lmasligi yoki kutilmaganda to‘xtab qolishi
mumkin.
Qurilmadan foydalanaishda ehtiyot choralari
• Qurilma bilan kelgan USB kabelidan foydalanishni unutmang; qurilmangizda
begona USB kabellari yoki zaryadlovchi qurilmalaridan foydalanmang. LG
kompaniyasining cheklangan kafolati begona aksessuarlaridan foydalanishga
tatbiq qilinmaydi.
• Ushbu yo‘riqnomadagi ko‘rsatmalarga amal qilmaslik yoki noto‘g‘ri foydalanish
qurilmaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Добавить комментарий