7Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
• Qurilmaning tashqi qismini tozalash uchun quruq matodan foydalaning (benzin,
erituvchi yoki spirt kabi eritmalarda foydalanmang).
• Qurilmani zaryad qilish paytida yumshoq mebelga qo’ymang.
• Qurilma yaxshi shamollatiladigan joylarda zaryadlanishi kerak.
• Ushbu qurilmani quyuq tutun yoki chang ta’siri ostiga qo‘ymang.
• Ushbu qurilmani kredit kartalar yoki yo‘l chiptalarining yaqiniga qo‘ymang; bu magnit
tasmalardagi ma’lumotlarga ta’sir qilishi mumkin.
• Qurilma ekraniga o‘tkir buyumlar bilan tegmang, chunki bu qurilmaning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmaga suyuqlik yoki namning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.
• Ovoz uyasi kabi aksessuarlardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Antennaga zaruratsiz
teginmang.
• Telefoningiz oynasi singan, dars ketgan bo’lsa u holda telefondan foydalanmang,
tegmang yoki uni olib tashlash yoki tuzatishga urinmang. Foydalanish qoidalarini
buzish yoki noto‘g‘ri foydalanish tufayli shisha displeyning shikastlanishi kafolat
qamrovi doirasiga kirmaydi.
• Ushbu qurilma odatdagidek ishlayotgan vaqtda o‘zidan issiqlik chiqaruvchi elekrton
qurilmadir. Mos darajadagi ventilyatsiya mavjud bo‘lmagan hollarda o‘ta uzoq vaqt
to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga tegib turish noqulaylik yoki kichik kuyishlarga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun ham ishlatish vaqtida yoki ishlatib bo‘lgandan keyin qurilma
bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
• Qurilmangiz xo‘l bo‘lsa, uni darhol rozetkadan uzing va yaxshilab quriting. Pech,
mikroto‘lqinli pech yoki soch quritgich kabi tashqi quritish moslamasi bilan quritish
jarayonini tezlashtirishga harakat qilmang.
Добавить комментарий