
Sozlamalar 130
Yangilanishlar markazi
LG tomonidan taqdim etiladigan ilovaning eng so‘nggi versiyasini yoki dasturiy
ta’minotni tekshiring va o‘rnating.
1 Sozlamalar ekranida Umumiy Yangilanishlar markazi tugmasini bosing.
2 Quyidagi sozlamalarni moslashtiring:
• Ilova yangilanishlari: Ilova yangilanishining mavjudligi yoki yo‘qligini
tekshiring. Agar mavjud bo‘lsa, yangilanishni o‘rnatishingiz mumkin.
• Dasturiy ta’minot yangilanishi: Dasturiy ta’minot yangilanishining mavjudligi
yoki yo‘qligini tekshiring. Agar mavjud bo‘lsa, yangilanishni o‘rnatishingiz
mumkin.
Til va kiritish
Til va klaviatura sozlamalarini qurilmangiz uchun moslashtirishingiz mumkin.
1 Sozlamalar ekranida Umumiy Til va kiritishni bosing.
2 Quyidagi sozlamalarni moslashtiring:
• Til: Qurilmada qo‘llash uchun tilni tanlang.
• Joriy klaviatura: Ayni paytda foydalanilayotgan klaviaturani ko‘zdan
kechiring. Matn kiritayotganda foydalanish uchun klaviatura tanlang.
• Ekrandagi klaviatura: LG klaviatura sozlamalari yoki Google Voice ilovasining
ovozni tanib olish xususiyatini o‘zgartiring.
• Jismoniy klaviatura: Moddiy klaviaturadan foydalanish uchun tanlang yoki
klaviatura tugmalar kombinatsiyalarini tekshiring.
• Avtomatik to’ldirish xizmat: Hisob qaydnomangizda saqlangan ma’lumotlar,
jumladan parol, manzil yoki kredit karta raqami kabilarni bir marta tegish
bilan kiritish uchun bu opsiyani yoqing. Siz bu opsiyani o‘chirib qo‘yishingiz,
Google Autocomplete ilovasidan foydalanishingiz yoki yangi xizmat hisob
qaydnomasini qo‘shishingiz ham mumkin.
• Matndan-nutqqa chiqishi: Sozlamalarni matnni nutqqa o‘girib chiqarishga
moslashtiring.
• Ko’rsatkich tezligi: Sichqon yoki sensor paneli kursori tezligini o‘zingizga
moslashtiring.
• Sichqoncha tugmachalasini teskarilash: Dastlablki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
manipulyatsiya amallarini bajarish uchun sichqonning o‘ng tugmasini orqaga
qaytaring.
Добавить комментарий