
Sozlamalar 121
• Ekran qulfi tovushi: Ekran bloklangan yoki bloklanmagan holdagi tovush
effektini tanlang.
Ko’rsatish
Har bir ekran turi uchun batafsil sozlamalarni sozlashingiz mumkin.
Sozlamalar ekranidagi Ko’rsatish tugmasini bosing va quyidagi sozlamalarni
o‘zingizga moslashtiring:
• Bosh ekran: Bosh ekran sozlamalarini o‘zingizga moslashtiring. Tafsilotlar uchun
Bosh ekran sozlamalari
’ga qarang.
• Oboi & Mavzu: Qurilmangiz uchun gulqog‘oz, mavzu, ikonka tanlang.
• Shrift: Shrift o‘lchami, quyuqlik yoki turini o‘zgartiring.
• Bosh ekran sensor tugmalari: Bosh ekranning sensorli tugmalari joyini
almashtiring yoki ularning fon ranglarini o‘zgartiring.
• Ilovani masshtablash: Ilovalarning ekran o‘lchamini sozlang.
Tomonlar nisbati
• Bu qurilma 18:9 ga teng tomonlar nisbatidan foydalanadi.
- Ayrim yuklab olingan ilovalar 18:9 ga teng tomonlar nisbatini qo‘llab-
quvvatlamasligi mumkin.
Bunday hollarda ilova uchun eng optimal bo‘lgan ekran koeffitsiyentini tanlang
yoki batafsil ma’lumotlar olish uchun ilova provayderi bilan maslahatlashing.
- Sozlamalar Ko’rsatish Ilovani masshtablash’ga tegish orqali
alohida ilovalar uchun tomonlar nisbatini tanlashingiz mumkin. Kerakli
tomonlar nisbatini tanlang.
• Ko‘rsatish hajmi: Ekrandagi narsalar o‘lchamini ko‘rishingiz oson bo‘ladigan qilib
o‘rnating. Ayrim elementlar joyini o‘zgartirishi mumkin.
• Qulay ko‘rinish: Qurilmani ko‘z zo‘riqishini kamaytirish uchun ko‘k rang miqdorini
kamaytiradigan tarzda o‘rnating.
• Yorqinlik: Quqilma ekrani yorqinligini o‘zgartirish uchun yo‘naltiruvchi paneldan
foydalaning. Ekran yorqinligini avtomatik ravishda atrofdagi yorug‘likka
moslashtirish uchun Avto almastirgichni bosing.
Добавить комментарий