7Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo‘riqnomalar
• Qurilmaning tashqi qismini tozalash uchun quruq matodan foydalaning (benzin,
erituvchi yoki spirt kabi eritmalarda foydalanmang).
• Qurilma yumshoq jihozlar ustida bo‘lganida uni zaryadlamang.
• Qurilma yaxshi shamollatiladigan joylarda zaryadlanishi kerak.
• Ushbu qurilmani ortiqcha tutun yoki chang ta’siri ostiga qo‘ymang.
• Ushbu qurilmani kredit kartalar yoki yo‘l chiptalarining yaqiniga qo‘ymang; bu magnit
tasmalardagi ma’lumotlarga ta’sir qilishi mumkin.
• Qurilma ekraniga o‘tkir buyumlar bilan tegmang, chunki bu qurilmaning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmaga suyuqlik yoki namning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.
• Ovoz uyasi kabi aksessuarlardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Antennaga zaruratsiz
teginmang.
• Telefoningiz oynasi singan, dars ketgan bo’lsa u holda telefondan foydalanmang,
tegmang yoki uni olib tashlash yoki tuzatishga urinmang. Foydalanish qoidalarini
buzish yoki noto‘g‘ri foydalanish tufayli shisha displeyning shikastlanishi kafolat
qamrovi doirasiga kirmaydi.
• Ushbu qurilma odatdagidek ishlayotgan vaqtda o‘zidan issiqlik chiqaruvchi elekrton
qurilmadir. Mos darajadagi ventilyatsiya mavjud bo‘lmagan hollarda o‘ta uzoq vaqt
to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga tegib turish noqulaylik yoki kichik kuyishlarga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun ham ishlatish vaqtida yoki ishlatib bo‘lgandan keyin qurilma
bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
• Qurilmangiz xo‘l bo‘lsa, uni darhol rozetkadan uzing va yaxshilab quriting. Pech,
mikroto‘lqinli pech yoki soch quritgich kabi tashqi quritish moslamasi bilan quritish
jarayonini tezlashtirishga harakat qilmang.
• Nam qurilmangizdagi suyuqlik qurilmangiz ichidagi mahsulot yorlig’i rangini
o’zgartiradi. Suyuqlikka ta’sir qilish natijasida qurilmangizga zarar yetkazilgan hollarda
sizning kafolatlaringiz bekor qilinadi.
• Mobil qurilmada issiqlikni yo’qotish uchun to’g’ri havo aylanishi talab qilinadi. To’g’ridan-
to’g’ri teri bilan aloqa qilish va havo oqimlarining qurilmaga yetarli darajada aylanishi
qurilmani haddan tashqari qizib ketishiga olib kelishi mumkin. Qurilma foydalanuvchi
tanasi orasidan kamida 1,0 sm bo’lishi kerak.
• Chang yoki boshqa har qanday begona narsalarning Zaryadlash qurilmasi/USB kabeli
portiga kirishiga yo‘l qo‘ymang. Bu issiqlikka yoki yong’inga olib kelishi mumkin.
Добавить комментарий